Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Kumanga Depay kerak!

Kumanga Depay kerak!

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Puch nishonda

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Riki Puch faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

“A bola” nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi bilan «Portu» jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi «Barselona» safida qolishni istamoqda.

Kostaning narxi ma’lum

Turinning «Yuventus» jamoasi Duglas Kosta borasida so‘nggi qarorga keldi.

“Fijaches” nashrining ma’lum qilishicha, «zebralar» o‘z futbolchisining transfer summasini 30 millionga qadar kamaytirishga majbur bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi bilan «Manchester Yunayted» va «Vulverhempton» klublari shartnoma imzolash niyatida.

Torreyra ham ketadimi?

Londonning “Arsenal” jamoasi Lukas Torreyraning transferi borasida bir qarorga keldi.

«Kononirlar» 24 yoshli futbolchining transferidan 24 million yevro ishlab olishni niyat qilmoqda.

“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, London klubi urugvaylik futbolchi borasida «Torino» va “Atletiko Madrid” jamoalaridan rasmiy taklif olgan.

Zinchenko «Barsa»da?!

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Aleksandr Zinchenkoni qo‘lga kiritish fikridan qaytgani yo‘q.

“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi Ektor Firponi transferga qo‘ysagina, ukrainalik futbolchini sotib olmoqchi. Aks holda, bu transfer qog‘ozda qolib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Zinchenkoni «Barselona» ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Kumanga Depay kerak!

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi – Ronald Kuman Memfis Depayning transferini talab qilmoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, gollandiyalik mutaxassis «Lion» futbolchisining jamoaviy o‘yin uchun muhim figura ekanligini ta’kidlamoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Barsa» Memfis uchun 30 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:42, 27.09.2020.
O'qildi: 6362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.