Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Vadim Abramov: "Bugun maydonning xolati ustunligimizni natijada aks ettirishga xalaqit berdi"

Vadim Abramov: "Bugun maydonning xolati ustunligimizni natijada aks ettirishga xalaqit berdi"

Baho:
+ | -

Superliga 17-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” - “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Bunyodkor” jamoasi ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- So‘nggi paytlarda nimagadir o‘yinni nazorat qilyapmiz, hujumlar qilyapmiz biroq g‘alaba qozona olmayapmiz. Bugun maydonning xolati ham ustunligimizni natijada ham aks ettirishimizga xalaqit berdi. Hisobni ochgach, ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda nimanidir o‘zgartirishga harakat qildik, lekin futbolchilar men kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi.

Jaloliddinov borasida nima deyishim mumkin, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi. Yangi kelgan murabbiy esa Jasurga imkoniyat bermadi. Ko‘p narsa murabbiyga bog‘liq. Suares bunga yana bir misol. Lekin uning Moskvaliklar bilan besh yillik shartnomasi bor.

“Paxtakor”ning OCHLda yaxshi natija ko‘rsatayotganidan xursandman. Bu musobaqada futbolchilar juda katta tajriba orttirishmoqda. Ularni qachon qaytishini biz xali bilmaymiz. Biroq 8-oktyabr kuni terma jamoa o‘yinini belgilaganmiz. Bu o‘yingacha Paxtakor futbolchilari qanday xolatda yetib kelishini bilmaymiz. Shuning uchun navbatdagi yig‘inga legionerlarimizni ham chaqirishni reja qilyapmiz. Eldor Suyunov ? Darvozabonlarimizni oyoqda yaxshi o‘ynay olmayotgani biz uchun fojia. Bizda darvozabonlar bilan muammolar bor. Yosh darvozabonlarni ham kuzatib bormoqdamiz. Tojikiston bilan o‘yinda darvozani qo‘riqlagan yosh darvozabon ham yomon o‘ynamadi. Asosiysi Suyunov Qatarda yaxshigina tajriba orttirmoqda.

“Qo‘qon-1912” jamoasida Murod Xolmuhammedovni terma jamoaga mos o‘yinchi deb o‘ylayman. U o‘z ishinig ustasi hisoblanadi. Bizda bugun Lutfulla To‘rayev o‘zini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 18:58, 27.09.2020.
O'qildi: 1986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик