Bugun Angliya futboli rasmiylari uchrashadi. Asosiy masala – bu joriy mavsumga nuqta qo‘yishi mumkin bo‘lgan koronavirusning yana keng tarqalishi bo‘ladi.
Britaniya matbuotining xabariga ko‘ra, Angliyada APLni muddatidan oldin yakunlashning bir necha varianti ko‘rib chiqilmoqda. Agar chempionatda 2/3 yoki 3/4 o‘yinlar o‘tkazilsa, mavsum yakunlanadi.
Agar chempionat davomida belgilanganidan kam o‘yinlar o‘tkazilsa, mavsum bekor qilinadi.