Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Andrey Kanchelskis: “Jamoamiz uchun har bir o‘yin finalga teng”

Andrey Kanchelskis: “Jamoamiz uchun har bir o‘yin finalga teng”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Navbahor” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- Bugungi o‘yindagi ikki bo‘lim ikki xil taassurot qoldirdi. Birinchi bo‘limda shogirdlarim to‘pni ko‘proq nazorat qilib, xavfli vaziyatlar sodir etishdi. Bizda ham, raqibda ham yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi. Yigitlarga maydondagi jonkuyarliklari va kurashganliklari uchun rahmat aytaman. “Buxoro” jamoasi ham turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bo‘lsa-da, qo‘lni tushirmayapti va astoydil o‘ynamoqda. Buxoroliklar ikkinchi bo‘limda golli vaziyatlar ham yaratishdi. Menimcha, biz gol urishga yaqin keldik. Ammo bo‘sh qolgan darvozaga ham gol ura olmadik. Hujumlar yakuniga yetmayotganligi bois, g‘alaba qozona olmayapmiz. To‘p darvozaga kirishni istamadi.

Natijadan qoniqish hosil qilmadim. Boisi, biz bugun 2 ochko yo‘qotdik. Nima ham derdim, hayot davom etadi. Endi Superligada biroz tanaffus yuzaga kelib, futbolchilar terma jamoaga yo‘l olishadi. Fursatdan foydalanib, ustoz va murabbiylarni bugungi bayram bilan tabriklayman. Superligadagi tanaffus jamoamizning tiklanib olishida yordam beradi, ko‘p futbolchilar koronavirus bilan kasallanishgan.

“Buxoro”ga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman. Raqib kurashmoqda, Superligada qolish uchun harakat qilyapti. Harakterga ega jamoa.

Ikki ochko yo‘qotganimiz alamli, albatta. Biroq ishlashda davom etamiz. Terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchilarga omad tilayman. Igor Golban va Azizbek Turg‘unboyevlarga o‘zlarining yaxshi o‘yinlari bilan terma jamoaga yordam berishlariga tilayman.

- “Navbahor” to‘qqiz turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Sizningcha, qayerda xatoga yo‘l qo‘yildi?

- Muammoimiz gol ura olmayotganimizda. Mashg‘ulotlarda hammasi yaxshi, o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘ryapmiz.Qaysidir ma’noda o‘yinlarda omadimiz kelmayapti. Futbolda omad ham muhim ahamiyatga ega. Faqat futbolda emas, boshqa sohalarda ham omad zarur. To‘g‘ri, gol ura olmayapmiz. Lekin darvozamizdan to‘p ham o‘tkazib yubormayapmiz. Futbolchilar ham g‘alaba qozonishni istashyapti. Biroq,buni amalga oshirish uchun nimadir yetishmayapti. Yuqorida aytganimdek, omadimiz kelmayapti.

- Sizningcha, bugungi bahsda hakamlar uchrashuv davomida o‘yinni ko‘p marotaba to‘xtatishdimi?

- Hakamlar futbol o‘ynashga qo‘yib berishlarini so‘rab qolardim. Lekin, men hakamlarning ishini ortiqcha muhokama qilmoqchi emasman. Ularni nazorat qiladigan qo‘mita bor. Biz o‘z o‘yinimizni o‘ynashimiz va navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Qolgan muammolarni o‘zimiz jamoa bilan hal qilamiz.

- “Navbahor” joriy mavsum yakunida kuchli uchlikka kira oladimi?

- Jamoamiz uchun har bir o‘yin finalga teng. Uchrashuvlarda vaziyatlardan foydalansak va omadimiz kelsa, maqsadimizga erishamiz. “Andijon” bilan o‘yinda urgan golimizni hisobga olishmadi. Bugun omadimiz kelganida, bir ochko emas, uch ochkoni qo‘lga kiritardik. Tanaffusda shu vaqtgacha nimalar bo‘lganini va qanday ishlar qilinganini tahlil qilamiz. Pandemiyada tarkibimizni yarmidan ko‘pi kasallandi. Pandemiyaga qadar qanday o‘ynayotgan edik va hozir qanday o‘ynayapmiz? Biz hali tiklanib ulgurmaganmiz. Bu narsalarni bahona qilmoqchi emasman. Maydonga chiqib, yutishimiz hamda ochkolarni qo‘lga kiritishimiz lozim. Murabbiylar shtabi bilan hotirjamlikda vaziyatni o‘rganib chiqamiz va bir qarorga kelamiz.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 13:53, 02.10.2020.
O'qildi: 2316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.