Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Eldor, jiyan, Benvenuto a Genova!

Eldor, jiyan, Benvenuto a Genova!

Baho:
+1 | -

Eldor, jiyan, hayot qiyin vaziyatlarda kutilmagan yangi imkoniyat eshiklarini ochishi bilan qiziq ekan.

Mana, qara, o‘tgan hafta "Rostov"da o‘z maydonlaringda Isroilning “Makkabi”sidan har taraflama mag‘lub bo‘ldinglar va shaxsan menga Rossiya Premyer Liga o‘yinlarini tomosha qilishda ham hafsala qolmagandi.

Oradan 1 hafta o‘tar-o‘tmas “Jenoa” senga jiddiy taklif bilan chiqdi va xayriyatki, bir qarashda ishonish qiyin bo‘lgan muzokaralar hamma uchun ijobiy yakun topdi!

Eldor, jiyanidze, balki so‘zlarim senga yetib bormas, lekin shuni ANIQ va TINIQ ANGLASHINGGA TILAKDOSHMAN – sen asl futbol o‘ynaladigan, dunyo futbol olami etalon deb qaraladigan kuchli Yevropaning 5 ligasiga kiruvchi Italiya A Seriyasi klubining hujumchisiga aylanding.

Sen “Mash’al”da bolalik paytingda o‘tgan davringdayoq, tengqurlaring ota-onasi, yaqinlari orasida katta bo‘layotgan paytda, hayotni asl yo‘llarini ancha erta bosa boshlagansan. O‘sha paytda senga uydagilaring, ayrim murabbiylaring va rus tili o‘qutuvchingdan tashqari hech kim bir kun kelib A seriyada to‘p surishingga ishonishmagandir. Sababi, ko‘pchilik o‘sha vaqtlarda Yevropa tugul, Rossiyadan nariga o‘tisha olishmayotgandi.

Sen esa avval “Mash’al”dan “Bunyodkorga” o‘tding. Termadan taklif olding va oradan biroz vaqt o‘tib “Rostov”ga yo‘l olding.

“Rostov”da boshida senga HAMMASI JUDA QIYIN BO‘LGANINI shaxsan men juda yaxshi bilaman.

Hatto sen RPLning boshqa jamoasiga o‘tib ketishingga ozgina qolgandi. O‘yining chiqmas, o‘zingga bo‘lgan bor ishonch ham o‘lib borar va o‘z kelajagingni "Rostov"da ko‘ra olishga qiynalayotganding...

Shunda asl o‘zbekistonlik bo‘lgan, MTJ va “Paxtakor”da ancha yillar o‘ynab, taqdir taqozosi bilan Rostovda istiqomat qilayotgan iqtidorli “Akopa” Andrey Akopyans bilan uchrashuvda, u senga biroz sabr qilishingni va albatta tinmay mehnat qilishni ta’kidlagan edi. Xuddi shunday fikrni yani kimlardir bildirishganiga ishonaman, zero shunday insonlar kam bo‘lsa ham, ular mavjud tanlov yo‘lida – eng qiyin yo‘lni tanlashni maslahat berishgandi va oxir-oqibat ular haq bo‘lib chiqishdi.

Eldorjon – bu Rossiyadagi ilk xorijiy qiyin davrlaring va seni toblanib, qilichday hujumchiga aylanishingga sababchi bo‘lgan insonlar edi!

Yana shunday insonlardan biri – Valeriy Karpindir! U senga ishondi, u senga imkoniyatlar berdi va u seni o‘zi xohlagan markaziy hujumchiga aylantirdi! Buni aslo unutma!

2020 yil...

G‘alati yil bo‘ldi...

O‘tgan yili yakunida to‘purarliging asta-sekin pasaya boshladi. Men bilgan sabablarga ko‘ra, jiyanidze sevgi-muhabbat to‘riga tushib qolibdi, fikru zikri bu buyuk sehr oldida ojiz qolgan, degan gaplarni o‘qidim. Bo‘lishi mumkin, bu tabiat qonuni. Mana, jiyan, oilali ham bo‘lib olding, endi oldingidek yolg‘izlik, zerikishlar bo‘lmayapti degan ishonchdaman.

Biroq, o‘yining turdan turgacha haminqadar bo‘lib boraverdi.

Lekin, kutilmagan pandemiya ham shaxsan sening oldingi formangga qaytishingga katta salbiy ta’sir qildi.

RPLda “Rostov”dagi so‘nggi 3 o‘yiningda shu “Rostov”da 1-yil o‘ynab yurgan Eldorni eslatding-qo‘yding. To‘p uchun kurashmaysan, o‘zing turgan joyda jamoadoshlaringdan aniq pas kutasan, garchi seni oldindan raqib o‘yinchilari yopib qo‘yishgan bo‘lsa ham...

Yo‘q joydan o‘zing uchun vaziyat yaratib, jamoadoshingni qulay vaziyatga olib chiqib gol urgan vaziyatlaring yoki standartlarda hammadan abjir harakat qilib, yorilgan boshing bilan gol urib, stadionni shok holatga tushirib qo‘ygan ruhing so‘ngandek ko‘rina boshladi...

Bunday bo‘lishining sababini bilganimcha yozdim. Taxmin qilganlarimni yozmadim.

Jiyan, endi bular tarix!

Yevropada seni deyarli ko‘pchilik tanimaydi! Sen misoli oq qog‘ozsan!

Oldingi xatolaringni qilma!!

“Rostov” tarkibidagi island hujumchilari Siguradrson va Kyartansonnlarni hujum chizig‘ida ortda qoldirib, ularni asosiy tarkibdan chiqarib, o‘zing yakka markaziy hujumchiga aylanishing yo‘lida qilgan mehnatlaring esingdami?!

“Jenoa”da aynan shunday mehnatni 2 barobar ko‘proq qilishing shart bo‘ladi. Buni jismoniy holating ko‘tarmaydigandek tuyuladi, juda qiyin ishdek ko‘rinadi.

Lekin buni eplay olishingga ishonaman!

Sen endi 25 yoshdasan, ayni futbol taqdiringni jahon futbol zarvaroqlarida yoza oldigan real imkoniyatga egasan, xorijiy, hayotiy tajribang bor!

Hamma narsaga qo‘l siltab, faqat jismoniy holatingni tikla, qo‘shimcha individual jismoniy va taktik murabbiy topshiriqlarini olib, ularni qoldirmay bekamu ko‘st bajar!

Tezroq “Jenoa”ning asosiy tarkibida debyut qilishing uchun joningni ayama!

Birinchi 3 oyda kerakli formaga kira olmasang, senga ishonmay qo‘yishadi!

Buni Italiya deyishadi! “Jenoa” murabiylari va tiffozilari ko‘z o‘ngida boshidanoq ular sendan kutishgan ishni 2 barobar ortig‘i bilan bajarishni ODAT va QONUN qilib ol!

Asta-sekin shu talabga moslashasan, o‘rgansan!

Keyin esa... kutilmaganda hamma uchun zarur, kerakli va chiroyli gollarni ura boshlaysan! Ana shunda ko‘pchilik sen haqingda gapira boshlashadi, seni o‘zlaricha kashf qilishadilar.

Lekin...buni tagida qanday og‘ir va misli ko‘rinmagan terlar yotganini bilishmaydilar...

Ha yana...

Jiyan, tezroq repetitor yollab italyan tilini o‘rgan! Bu xuddi “Djenoa”ni asosiy tarkibiga kirishdek juda muhim jihat!

O‘zing murabbiy Rolando Marandan SENDAN NIMA TALAB QILAYOTGANINI ANIQ TUSHUNMASANG va O‘Z FIKRINGNI UNGA OG‘ZAKI TO‘LIQ YETKAZIB BERA OLMAGUNINGCHA, seni mental va ruhiy holatingni u to‘laqonli sezmasligi mumkin!

Bu esa senga asta sekin 2 sort davlatdan tashrif buyurgan o‘rtahol o‘yinchiga nisbatan bo‘lgan ta’surotni shakllantirishi mumkin!

O‘z vaqtida “Fiorentinada” o‘ynagan va hozirda “Navbahor” ustozi Andrey aka Kancheleskis bekorga italyan tilini tezroq o‘rganish kerakligiga urg‘u bermadi!

Sobiq SSSR davlatidan tashrif buyurib, “A Seriyada” ko‘karib ketgan Andrey Shevchenko, Kaxa Kaladze, Ruslan Malinovskiylar – Aleksandr Zavarov, Sergey Aleynikov, Aleksey Mixaylichenkolarga qaraganda italyan tilini mukammal o‘rganishdan boshlashgan va aynan shu sabab ham ular bu chempioanatda ko‘proq qolishib, ohir oqibat o‘z asl potensiallarini namoyish qilisha olishgandilar..

Jiyan, italyan tili seni bu yurtda uzoqroq qolishing uchun Juda Muhim Faktor ekanligini qulog‘inga qo‘rg‘oshinday qo‘yib ol!!

Sababi, “Djenoa"ni ishlari boshlang‘ich turlardan mabodo yaxshi ketmasa, ular ship etip Rolando Maranga javob berib, o‘rniga boshqa murabbiyni tayinlashlari mumkin.

Yangi trener uchun o‘yinchilarni yaqindan tanish uchun JONLI SUHBAT juda muhim!

Asosiy tarkibdan joy olish uchun , joyi kelsa na jismoniy holating, na tarjimon va na agentni yordami tegmasligi mumkin!

Seni italyan tilida qiynalib bo‘lsa ham, ko‘zlaring yonib: “Senor, dammi una possibilità, non ti deluderò!” deb aytishing muhim!

Insonni yuzi issiq bo‘ladi, oz moz o‘zing to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbat qilishing – seni “Jenoa” jamoasiga tezroq qo‘shilib, O‘ZLARINIKI bo‘lishinga katta turtki bo‘ladi!

Eldorjon jiyan, shunday gaplar!

“Surxon”ga o‘xshab bir lip etib yonib, o‘chib qolmagin deymanda...

Chunki, seni samimiyliging, kam gapliging va dangalliging uchun yaxshi ko‘raman, jiyan!

Senga ishonamiz, Eldorjon!

Yaratgan Egam seni jarohatlardan o‘zi asrasin!

p.s. Lascia che ferite, nemici e ostacoli ti passino davanti a Eldorjon nipote!

 

Furqat Qurbonov blogi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:21, 02.10.2020.
O'qildi: 9563 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.