Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Manchester Siti» Lionel Messi transferini amalga oshirishga tayyormi? Klub direktori javob berdi

«Manchester Siti» Lionel Messi transferini amalga oshirishga tayyormi? Klub direktori javob berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» direktori Omar Berrada «Barselona» hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Messi — dunyoning va o‘z davrining eng yaxshi o‘yinchisi. O‘ylashimcha, klub uni taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishdan mamnun bo‘ladi.

Messi — bizning transfer siyosatimiz bo‘yicha istisno variant, biroq biz o‘z imkoniyatlarimiz darajasidagi futbolchilarni olib kelishni reja qilganmiz.

Biz hammasiga tayyor turishimiz kerak. Ammo shuni ayta olamanki, kerak bo‘lgan taqdirda «Manchester Siti»da Messi transferini amalga oshirish uchun moliyaviy va tizimli imkoniyatlar yetarli", — dedi Omar Berrada.

Avgust oyi oxirida Messi «Barselona»dan ketishini ma’lum qildi va «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin edi. Biroq katalon klubi hujumchini tekinga qo‘yib yuborishni istamadi va uni xarid qilmoqchi bo‘lganlardan 700 million yevro miqdoridagi tovon pulini so‘radi. Keyinchalik Messi klub bilan sudlashish niyati yo‘qligi va «Barselona»da qolishini ma’lum qildi. Uning katalonlar bilan shartnomasi 2021 yilning iyunida o‘z yakuniga yetadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:29, 10.10.2020.
O'qildi: 5623 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик