Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Xoland uchun da’vogarlar ortmoqda

Xoland uchun da’vogarlar ortmoqda

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Xoland uchun da’vogarlar ortmoqda

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland uchun kurash avjiga chiqmoqda.

"Don Balon" nashrining ma’lum qilishicha, norvegiyalik futbolchi uchun kurashga "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari jiddiy kirishgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, "shaharliklar" yosh hujumchini qo‘lga kiritish maqsadida 100 million yevro taklif qilishga tayyor.

Asamoa ketadimi?

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Kvado Asamoa faoliyatini "Sampdoria" klubida davom ettirishi mumkin.

SDS nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Konte Asamoani o‘z rejalariga kiritmgan. Shu bois, klub futbolchini imkon boricha tezroq sotib yuborishni istamoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Asamoa boshqa "Sampdoria"ga o‘tishga rozi, biroq buning uchun yiliga bir million yevor maosh talab qilmoqda.

"Liverpul" so‘nggi zarbani beradimi?

Angliyaning amaldagi chempioni - "Liverpul" transfer oynasi to‘liq yopilguniga qadar "Chempionship" vakili "Stok Siti"ning asosiy darvozaboni Jek Betlend bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Mirror" nashrining ma’lum qilishicha, "qizillar" 16 oktyabrga qadar futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazish huquqidan unumli foydalanmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, jamoaning asosiy darvozaboni Alisson og‘ir jarohat olgani bois, mavsumning katta qismini o‘tkazib yuboradi.

Uilsher rad etdi

Ayni damda erkin agent maqomidagi Jek Uilsher faoliyatini Shotlandiyada davom ettirishdan bosh tortdi.

"Calciomercato" nashri bergan xabarlarga qaraganda, yarim himoyachi "Reynjers" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelisha olmagan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Uilsher o‘zi uchun klub izlash bilan band. Qahramonimiz "Vest Hem" bilan o‘rtadagi shartnomani kelishgan holda bekor qilganidan beri o‘zi uchun jamoa izlamoqda.

"Milan"dan o‘zgacha yurish

Milanning "Milan" klubi transfer oynasi yopilishidan avvalroq "Strasbur" himoyachisi Muhammad Simakan bilan shartnoma imzolamoqchi edi.

"Tuttosport" nashrining ma’lum qilishicha, "Milan" himoyachi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishgan. Hatto, klub bilan uning transferi borasida ham kelishuvga erishga.

Manbaning ma’lum qilishicha, "rossonerilar" kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurmay qolgan. Shu bois, ushbu transfer amalga oshmay qoldi.

"Yuve" Klyuverni qo‘ldan chiqargan

Turinning "Yuventus" klubi Federiko Kyezadan avvalroq Jastin Klyuvert bilan shartnoma imzolamoqchi edi.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishilgan biroq, yakunda "Fiorentina" futbolchisini sotib olishga qaror qilingan.

Bu voqeadan so‘ng, Jastin "RB Leypsig" jamoasiga ijara asosida yo‘l olishga qaror qildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:57, 11.10.2020.
O'qildi: 9507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.