Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

APLda ishtirok etadigan jamoalar soni 18 tagacha qisqarishi mumkin

APLda ishtirok etadigan jamoalar soni 18 tagacha qisqarishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalari Premyer Ligaga o‘zgartirishlar kiritishga harakat qilmoqda.

Ikki klub birgalikda katta o‘zgarishlarga olib keladigan taklif tayyorladi. Loyiha bilan «Liverpul»ga egalik qiladigan AQSHning Fenway Sports Group kompaniyasi shug‘ullandi.

Unga ko‘ra, Premyer Liga jamoalari sonini 20 dan 18 taga qisqartirish taklif etilgan. Chempionshipda esa 24 ta jamoa bo‘ladi. Uchinchi va to‘rtinchi divizionlarda umumiy 90 ta jamoa harakat qiladi.

Moliyaviy tomon haqida gap ketganda, klublar Angliya futbol Ligasiga (EFL) inqiroz vaqtida yordam tariqasida 250 million funt miqdorida avans taqdim etmoqchi. Shuningdek, yiliga daromaddan 25 foiz ulush berish rejalashtirilgan. Yana yuz million funt miqdorida Angliya futbol assosiasiyasiga (FA) o‘tkazish belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, Premyer Ligada qolganlardan ko‘proq muddatdan beri ishtirok etib kelayotgan to‘qqiz klub APLning barcha sohalardagi yo‘nalishini belgilaydi.

Mazkur rejani EFL rahbari Rik Parri qo‘llab-quvvatlamoqda. U «Liverpul» xo‘jayinlari, amerikalik investor Jon Genri, shuningdek, aksioneri va direktor Maykl Gordon bilan muzokaralar o‘tkazgan. Bundan tashqari Parri «Manchester Yunayted»ga egalik qiladigan Gleyzerlar oilasi bilan ham suhbat qurgan.

Loyiha mualliflari «Manchester Siti», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem» kabi katta klublar tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kutmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:30, 11.10.2020.
O'qildi: 3301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик