Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna 1-1 Vilyarreal
25/05 19:00 Nasaf 1-1 Dinamo
25/05 19:00 Paxtakor 1-1 Qizilqum
25/05 19:15 Real Sosyedad 0-2 Atletiko
25/05 21:00 Yuventus 2-0 Monsa
25/05 21:30 Almeriya 6-1 Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano 0-1 Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan 3-3 Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid 0-0 Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

Balotelli hozir qayerda?!

Balotelli hozir qayerda?!

Baho:
+ | -1

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Balotelli hozir qayerda?!

«Breshia» klubining sobiq hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi borasida ma’lumot berdi.

Ayni damda, erkin agent maqomidagi futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quyidagi izohni yozib qoldirgan.

«O‘zingizni bosing! Bir necha haftadan so‘ng, shartnoma imzolayman!»

"Tuttosport" nashrining ma’lum qilishicha, yozda janjalkash futbolchi bilan "Jenoa" va »Verona« jiddiy qiziqib qolgan. Ma’lumotlarga qaraganda, endi Mario bilan shartnoma imzolash uchun "Benavento" va "Spesia" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Milik nishonda!

Neapol shahrining «Napoli» jamoasi hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini «Fiorentina»da davom ettirishi mumkin.

"Tuttosport« nashrining ma’lum qilishicha, Federiko Kezaning transferidan so‘ng, »binafshalar" bor e’tiborni Milikni qo‘lga kiritishga qaratmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub qishda polyakni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qiladi. Ayni damda, Akadiush «Napoli»dan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

«Yuventus» va PSJ Ramosni qo‘lga kiritmoqchi

Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Xabaringiz bor, Ramosning klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z yakuniga yetadi, biroq hali unga yangi shartnoma taklif etilganicha yo‘q.

"Calciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, »el-kapitano« bilan "Yuventus" va PSJ klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramos jamoada maosh olish borasida Eden Azardan keyingi o‘rinda (11,7 million yevro) bormoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi jamoada qolish maqsadida o‘z maoshini kamaytirishlariga ham tayyor.

Grizman qishda ketadimi?

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi hujumchisi Antuan Grizman faoliyatini Parijda davom ettirishi mumkin.

"Le10sport" nashrining ma’lum qilishicha, hujumchi Leo Messining va Ronald Kumanning qo‘llab-quvvatlashini his etmayapti. Boz ustiga, Kuman va’da berganidek uni yetakchiga aylantirmadi. Kataloniya klubi o‘yin falsafasini hali-hamon o‘zlashtira olmagan futbolchi barchasini vatanida qayta boshlash maqsadida PSJ bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transfer qishda amalga oshishi mumkin. Grizmanning o‘zi ham Kataloniyani tark etishga qarshi emas.

Kuzyayev nimadan quruq qoldi?

«Zenit» jamoasi yarim himoyachisi Daler Kuzayayev yozda Italiya "A seriya"sida ko‘rinish berishi mumkin edi.

Bu haqida jurnalist Dmitriy Shnyakin ma’lumot bermoqda. Uning aytishicha, Daler bilan Bundesliganing "Armeniya«, Italiyaning »Napoli" jamoalari jiddiy qiziqib qolgan, biroq Dalerning o‘zi RPLda qolishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Daler uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, «Zenit» bilan 2023 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:37, 13.10.2020.
O'qildi: 7185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.