Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirdi.
«Unga mashg‘ulot o‘tish – ajoyib tuyg‘u. Bu men uchun ham, jamoa uchun ham juda yoqimli.
U jahon futbolining ramzi. 35 yoshida ham xuddi o‘smirlar kabi mehnat qilmoqda va boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda», – dedi Pirlo Sky Sport Italia bilan suhbatda.