Madridning "Atletiko" klubidan Londonning "Arsenal"iga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Tomas Parti «kanonirlar» ixtiyoriga yetib keldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Parti "Arsenal" futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi. Yaqin soatlar ichida Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishni boshlaydi.
Qo‘shimcha qilish kerakki, Parti «Arsenal» tarkibida 18-raqam ostida to‘p suradi.