Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sancho qoladi!

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho qishda hech qayerga ketmaydi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, ingliz futbolchisi uchun da’vogarlik qilayotgan "Manchester Yunayted" klubi taklif qilgan 120 million yevoroga qaramay, nemis jamoasi futbolchini mavsum yakuniga qadar tarkibda olib qolmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, esa, Jeydonning o‘zi tezroq APLga qaytishni istamoqda.

"Siti"ga "Real" futbolchisi kerak

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi transfer huquqi "Real"ga tegishli bo‘lgan Dani Sebalos bilan shartnoma imzolamoqchi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, "shaharliklar" ayni damda ijara asosida "Arsenal"da to‘p surayotgan Dani bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Real" klubi Sebalosni mavsum so‘nggida "Siti"ga sotishga rozi bo‘lgan.

Kagava qayerda?

"Borussiya Dortmund" va "Manchester Yunayted" jamoalari sobiq futbolchisi Sinji Kagava faoliyatini "B" seriyada davom ettirishi mumkin.

Goal nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, yarim himoyachi bilan "Breshia" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Hatto, jamoa Kagavaga katta maosh to‘lashga ham rozi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda yaponiyalik futbolchi erkin agent maqomida. Uning so‘nggi klubi"Saragoza" bo‘lgan edi. 

Malinovski trendda!

"Atalanta" hujumchisi Ruslan Malinovski yozda bir nechta grand klublar bilan muzokaralar olib borgan.

Bu haqida futbolchining agenti - Sergey Serebrennikov ma’lumot bermoqda. Uning aytishicha, Ruslan Gasperini qo‘l ostida yana bir mavsum to‘p surishni istagan. Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda futbolchi Ispaniya yoki Angliyadan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, yozda Malinovski bilan Angliyaning "Lids" jamoasi jiddiy qiziqib qolgan edi.

"Barselona" "kelishadi"!

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Usman Dembeleni transferga qo‘yishga qaror qildi.
SportMole nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, jamoa o‘z futbolchisini 45 million yevro evaziga boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor.

Manbaning ma’lum qilishicha, Dembele jamoa bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi uchun ham "Barselona" vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Usmanning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilda o‘z yakuniga yetadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:07, 14.10.2020.
O'qildi: 9759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.