Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Peruga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (4:2) "xet-trik"ka erishdi.
Natijada "PSJ" a’zosining terma jamoa hisobidagi gollari soni 64taga yetdi. U vatandoshi Ronaldo (62ta gol)ni ortda qoldirib, Braziliya terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatini 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bu borada futbol afsonasi Pele 77ta gol bilan yetakchi bo‘lib turibdi.
Umar Mo‘maniy ushbu mavzuda karikatura chizdi.