Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Xoland keyingi yili "Real"ga o‘tadimi?

Xoland keyingi yili "Real"ga o‘tadimi?

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Erling Xoland jamoasida 2022 yilning yozigacha qoladigan bo‘ldi.

AS nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, norvegiyalik hujumchi kelasi yilning yozida Madridning "Real" klubiga 75 million yevro ko‘chib o‘tishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Birinchidan, "Borussiya"ning Xolandni agenti Mino Rayola bilan hujumchi 2021/22 yilgi mavsumning so‘nggiga qadar jamoada qolishi borasida kelishuvi bor.

Ikkinchidan, "Real" asosiy tarkibda Karim Benzemaga ishonch bildirmoqda. Shuning uchun, "Qirollik klubi" fransiyalik hujumchiga jiddiy raqobat ko‘rsatadigan hujumchi sotib olishni o‘z rejasiga kiritmagan.

Kiritildi: 19:47, 16.10.2020.
O'qildi: 4260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик