Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe o‘z golini «PSJ»ning saratonga chalingan 8 yoshli muxlisiga bag‘ishladi (video)

Mbappe o‘z golini «PSJ»ning saratonga chalingan 8 yoshli muxlisiga bag‘ishladi (video)

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 7-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Nim»ga qarshi bahsda (4:0) dublga erishdi.

21 yoshli futbolchi dastlabki golini nishonlash chog‘ida ichidan kiyib olgan futbolkasidagi yozuvni namoyish qildi. Unda: «Lyuka, dadil bo‘l, men sen bilan», degan yozuv bor edi.

Lyuka – «PSJ»ning 8 yoshli muxlisi bo‘lib, u saraton kasalligiga chalingan. Hozirda u davolanish kursini o‘tamoqda.

Lyuka "Les Petites Bosses" jamg‘armasi nazorati ostida davolanmoqda. O‘z navbatida o‘yinchilar o‘z futbolkalarini auksionga yuborish va pul xayriya qilish orqali jamg‘armaga yordam berishmoqda. Mpabbe o‘z formasini nafaqat jamg‘arma uchun sotdi, balki o‘z futbolkalaridan birini 8 yoshli bolaga yubordi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:59, 17.10.2020.
O'qildi: 2754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.