Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turin klubining olti nafar a’zosida koronavirus aniqlandi

Turin klubining olti nafar a’zosida koronavirus aniqlandi

Baho:
+ | -

Turinning "Torino" klubi yoshlar jamoasida oltita koronavirusga chalinganlar aniqlandi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Butun boshli jamoa karantinga yuborildi va mashg‘ulotlar to‘xtatib qo‘yildi.

"Torino" klubining asosiy jamoasida COVID-19 hozircha aniqlanmadi. «Buqalar» odatiy rejimda A Seriyaning 4-tur doirasida "Kalyari" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Ayni paytda "Torino"ning qo‘shnisi sanalgan "Yuventus" klubining asosiy jamoasi ham, yoshlar jamoasi ham karantinga yuborilgan. Chunki, "Yuventus"ning ikki jamoasida ham koronavirusga chalinganlar aniqlangan.

Kiritildi: 12:48, 17.10.2020.
O'qildi: 2726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик