Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

VAR "Liverpul"ni g‘alabadan mahrum qildimi?

VAR "Liverpul"ni g‘alabadan mahrum qildimi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz kecha Liverpul derbisida bo‘lib o‘tgan voqeaga izoh berib o‘tadi.

Mersisayd derbisi kutilganidek voqealarga boy o‘tdi. 4 ta gol, 10 ta xavfli vaziyat, qizil kartochka va hakamlik borasidagi bahslar. Qo‘shimchasiga, Virjil juda og‘ir jarohat oldi. APL statistikasiga ko‘ra, eng ko‘p fol aynan «Liverpul» va «Everton» o‘rtasidagi o‘yinda kuzatiladi. Kechagi bahs o‘z statusini to‘liq «oqladi». Uchrashuv yakunlangach, 5 ta o‘yinda beri gol kiritayotgan Kelvert-Lyuin bilan hech kimning ishi bo‘lmay qoldi. Barchaning e’tiborini hakamning qarorlariga qaratildi.

O‘yinda burilish yasagan vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Hakamning final hushtagi arafasida «Liverpul» xavfli hujum uyushtirdi. Tyago va Mane ajoyib kombinasiya evaziga Hendersonni xavfli vaziyatga olib chiqdi va kapitan bundan unumli foydalanadi. Kutilmaganda, VAR vaziyatni qayta ko‘rib chiqdi va golni bekor qildi. Suratga e’tibor qarating! Siz ofsaydni ko‘ryapsizmi? Kecha Liverpul shahrining qizil tomoni ham bu suratda ofsaydni ko‘rmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, VAR APL bahslarida ofsaydni aniqlashda qanday tamoyillarga suyanadi:

1. Takroriy lavha oldidan ofsayd chizig‘i replay operatori tomonidan yarim avtomat uslubida chiziladi. Bunda VARning yordami kerak bo‘ladi. Shu bois, bosh hakamga bu aspekt borasida da’vo qilish o‘rinsiz.

2. Ofsayd chizig‘i chizilayotganda uchta narsa inobatga olinadi: Pas berilgan soniyani aniqlash, ofsaydagi futbolchining tanasining qaysi qismi ofsaydda ekanligi va o‘sha ondagi himoyachilarning egallagan pozisiyasi. Bu omillarni suratga olish uchun VARda barcha texnologiya mavjud.

3. Yuz foiz aniqlikka erishish maqsadida, VAR texnologiyasi har bir uchrashuv oldidan sozlanadi. HawEke kompaniyasi muhandisining aytishicha, uchrashuv oldidan sozlagan VAR deyarli xato qilmaydi.

Shunga qaramay, VAR ham xato qilishi mumkin. Achinarlisi birgina omilning noto‘g‘ri ishlashi, yakunda xato qaror chiqarishga olib keladi. Afsuski, so‘nggi paytlarda APL uchrashuvlarida ofsaydni aniqlashda ikkita aspektda xatolar ko‘zga tashlanmoqda. Birinchisi pasni to‘g‘ri aniqlash bo‘lsa, ikkinchisi himoyachilar bilan bir chiziqda turgan futbolchining qaysi tana qismi ofsaydda ekanligi. Hendersonning golida esa, ikkita omil ham juda shubhali.

Uchrashuvdan olingan stop kadrga e’tibor bering. Ofsayd Manening qaysi tana qismi evaziga e’lon qilindi? Vaholanki uning tirsagi ofsaydda, biroq tirsak uchun ofsayd berilmaydi. So‘nggi qonunlarga ko‘ra, futbolchi to‘p bilan munosabatda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan tana qismlari ofsayd chizig‘ida inobatga o‘tmaydi. Manening yelkasi esa, himoyachining qo‘llaridan birooozgina ortda joylashgandek tuyulmoqda. Bu mavsumda APL yelka bilan to‘p surish mumkinligini e’lon qildi. Demak, agar hakamlarni Manening yelkasi sababli ofsaydni qayd etgan bo‘lib chiqishmoqda. E’tiborlisi shundaki, hakamlar ham aynan shu stop kadr orqali golni bekor qilishgan edi.

Hakamlarning qaroriga ikkinchi e’tiroz ham mavjud. E’tibor qarating, ofsayd chizig‘i chizilayotganida, Alkantaraning oyoqlaridan to‘p chiqib ketgan edi. Demak, pas berish soniyalari to‘g‘ri tanlanmagan. Hakamlarga pas futbolchining oyoqlari to‘pga tegingandan boshlab inobatga olinishi aniq qilib tushuntirilgan. Bu vaziyatda, ofsayd chizig‘i to‘p futbolchining oyoqlaridan uzoqlashayotganida chizilgan.

«Liverpul» IFABga ikkita aspekt borasida e’tiroz bildirishga haqli. Ushbu kadrda to‘p Alkantaraning oyoqlaridan uzoqlashib bo‘lgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ofsayd chizig‘i biroz avvalroq chizilishi lozim edi.

Bu voqeadan so‘ng, «Liverpul» bosh murabbiy tushkun kayfiyatda ekanligni yashirib o‘tirmadi.

"Men deyarli 10-bor intervyu beryapman. Hamma menga ofsayd yo‘q edi demoqda. Afsuski, bu mening kayfiyatimni battar tushirib yubordi."

Endi Devid Kut qabul qilgan qaror borasida juda ko‘p bahs bo‘ladi. Sababi, hakamlar Tyagoning pas berayotgan kadrini tanlashda adashdi. Shu bois, u qayd etgan ofsaydni yuz foiz aniq deb bo‘lmaydi. 100 foiz aniq bo‘lmagan narsalarga sportda o‘rin yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:13, 18.10.2020.
O'qildi: 4757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.