Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Yevropaning top-klublari yangi musobaqaga asos solishmoqchi

Yevropaning top-klublari yangi musobaqaga asos solishmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari "Evropa premyer-ligasi" deb nomlanadigan yangi musobaqani tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borishmoqda. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.

Hozirda yangi musobaqani tashkil etish uchun investor qidirish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun esa 6 milliard dollar talab etiladi. Kerakli mablag‘ni "JP Morgan" banki ajratishi mumkin.

Asos solinadigan musobaqaga kirish uchun Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniyaning 10dan ortiq klublari bilan muzokara olib borilmoqda. Nomzodlar orasida «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Tottenxem» klublari ham tilga olinmoqda.

Musobaqada ishtirok etadigan har bir klub 100 million dollardan ortiq mukofot olishi rejalashtirilmoqda. Agar Yevropa premyer-ligasi musobaqasi yo‘lga qo‘yilsa, u jahondagi eng boy turnirga aylanadi.

Yangi musobaqa FIFA qo‘llab-quvvatlashi ostida 2022 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Unda 16-18ta klub ishtirok etishi kutilmoqda.

Musobaqaning rasmiy taqdimoti oktyabr oyi so‘ngida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:31, 20.10.2020.
O'qildi: 5102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик