Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Habib Nurmagomedov: "Jastin Getjini qay tariqa mag‘lub etishni bilaman"

Habib Nurmagomedov: "Jastin Getjini qay tariqa mag‘lub etishni bilaman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi bo‘lajak jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Getjiga qarshi bo‘ladigan jangga kuchli tayyorgarlik ko‘rdim. O‘ylaymanki, qancha ko‘p ishlasang, g‘alaba shunchalik shirin bo‘ladi. Jangning qaysi ssenariyda o‘tishini bilmayman, ammo o‘zimning jangimni o‘tkazaman. Birinchi urinishlardan natija chiqmasa ham, men 25 daqiqa kurashishga harakat qilaman.

Agar «stoyka»da turish kerak bo‘lsa, men buni ham qilaman. Kurash tushish, urishish, «stoyka»da turishga tayyorman. Jangni muddatidan oldin yakunlamoqchiman. Men uni qay tarzda mag‘lub etishimni tasavvur qilyapman.

Getji har bir jangida professional sifatida o‘sishga erishdi. Fergyuson bilan jangda u meni hayratga soldi: Getji ehtiyotkorlik bilan jang qildi, shoshilmadi, o‘zini sovuqqonlik bilan tutdi. Munosib raqib.

Fergyusonda imkoniyat bor edi, ammo u mag‘lub bo‘ldi. Boshqa nomzodlar ham bor, ular nima qilishi kerak? Bizning jangimiz haqida gapirishga hali erta. Boshlanishiga u top-5 likdan kimnidir mag‘lub etishi kerak. Bunday imkoniyatga loyiq bo‘lish kerak.

Menga Getjining nima deyishi muhim emas. Men o‘z mahoratim haqida o‘ylayman. Agar u to‘g‘ridan-to‘g‘ri jangga kirishsa, kutib olamiz, bosim o‘tkazamiz. Men diqqatimni raqibning yaxshi tomonlariga qaratishni yoqtirmayman. Men o‘zimga yoqqan narsani qilaman. Raqib nima qilishi kerakligi haqida o‘ylashni istamayman, aynan shu jihatim orqali ko‘plab jangchilardan farq qilaman", -dedi Habib.

Kiritildi: 23:24, 20.10.2020.
O'qildi: 7148 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик