Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

No‘’mon Hasanov: “O‘zim ham futbolchi bo‘lganman, lekin bunaqasini hali ko‘rmaganman”

No‘’mon Hasanov: “O‘zim ham futbolchi bo‘lganman, lekin bunaqasini hali ko‘rmaganman”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 20-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” murabbiyi No‘’mon Hasanov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi dastlab o‘yin haqida fikr bildirib o‘tdi.

– Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki jamoa ham bir-biriga munosib o‘yin namoyish etdi va ko‘plab vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Tanaffusdan keyin esa 14 kishiga qarshi o‘ynadik, desak ham bo‘ladi. O‘zi hakamlar haqida umuman gapirmasdim. Lekin bugungi o‘yindan keyin shunga majburman.

Nimalar yuz berganini barcha ko‘rib turibdi-ku! Kiyim almashtirish xonasiga kirdim, ba’zi futbolchilar yig‘lab, yigitlar xafa bo‘lib o‘tirishibdi. Bunday futbolni biz ko‘tara olmaymiz. Bugungi uchrashuvga futbolchilarni nega tayyorladim? Ikkinchi bo‘limdagi mana shu qarorlar uchunmi? Raqib futbolchisiga yaqqol qizil kartochka berilmadi.

Ikkinchi bo‘limning boshlanishidan hakamlar g‘alati ishlashdi, bosh hakam yosh bo‘lgani uchun o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, shekilli.

O‘tgan turda ham o‘z maydonimizdagi bahsda “Metallurg” futbolchisining qo‘liga to‘p tegdi va o‘sha vaziyatda bekobodliklar darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi kerak edi. Agar o‘shanda “Metallurg” darvozasiga penalti belgilanganida, “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lardi.

Ammo o‘shanda hakamlar borasida hech qanday fikr bilmadim. O‘sha vaziyatni hattoki, televizorda ham muhokama qilishmadi.

O‘zim ham futbolchi bo‘lganman, lekin bunaqasini hali ko‘rmaganman.

- So‘nggi 4ta turni neytral maydonlarda o‘tkazish borasida nima deya olasiz?

- Birinchi davradagi so‘nggi to‘rtta o‘yin markazlashgan holda o‘tkazildi. Shu tarafdan olib qaraganda, oxirgi to‘rtta turni neytral maydonlarda bo‘lib o‘tishi menimcha, adolatli qaror bo‘ladi. Bunga barcha jamoalar rozilik bildiradi. To‘g‘ri, o‘z maydonimizdagi o‘yinlarni Namanganda o‘tkazsak yaxshi bo‘lardi. Lekin birinchi davradagi kabi, so‘nggi to‘rtta turni neytral maydonlarda o‘tkazish adolatdan bo‘ladi.

- Bahsli vaziyat bo‘lganida hakamlarga qanday e’tiroz bildirdingiz?

- O‘sha vaziyatda uchrashuv bosh hakamidan nega qizil kartochka berilmadi, deb so‘radim. Sababi, raqib futbolchisi kelib,Ehsoniga boshi bilan zarba berdi. Bunday holat uchun esa qizil kartochka ko‘rsatilishi shart. Mazkur holatni bosh hakam ham, qanot hakami ham ko‘rishdi. Ammo negadir mezbonlar a’zosi maydondan chetlatilmadi. Hayronman.

- Ivan Solovyov va Islombek Isoqjonov nima uchun bugungi uchrashuv qaydnomasidan joy olishmadi?

- Ushbu futbolchilar o‘tgan turdagi “Metallurg” bilan bo‘lgan o‘yinda jarohat olishdi. Shifokorlar bilan maslahatlashib, ularga dam berishga qaror qildim. Bu futbolchilar Jizzaxga ham kelishmadi. Menimcha, to‘g‘ri qaror qabul qildim, deb o‘ylayman. Sababi, oldinda “Bunyodkor” bilan o‘yin ham bor. Nasib qilsa, ular tarkibga qo‘shilishadi. Hali mavsum tugagani yo‘q. Oldinda Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslari bor.

Bugun g‘alaba uchun maydonga tushgandik va yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Biroq, afsuski, kimlarningdir aybi bilan yutqazib qo‘ydik.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 11:29, 25.10.2020.
O'qildi: 5682 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.