Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Bartameu nega ketdi? Endi nima bo‘ladi? Kim uning o‘rnini egallaydi?

Bartameu nega ketdi? Endi nima bo‘ladi? Kim uning o‘rnini egallaydi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Kataloniya super klubida yuzaga kelayotgan vaziyat haqida atroflicha fikr alamashadi.

Xosep Bartameu «Barselona» Yevropa super ligasida to‘p surishga qaror qilganini ma’lum qildi va o‘z menejerlari bilan iste’fo e’lon qildi. Bu voqea «Barselona»ning Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yini oldidan e’lon qilindi. Dushanba kuni prezident postni topshirishni o‘ylamayotgani haqida aytgan edi, biroq bugun...

U nega iste’foga chiqdi?

Birinchi navbatda muxlislarning kuchli bosimi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Deyarli 150 mingdan ortiq muxlis Bartameuning iste’fosini talab qilib chiqdi. Bu qonunga ko‘ra referendum o‘tkazish huquqini beradi. Shunday bo‘lsada, Bartameu klubdan muxlislar haydagan prezident bo‘lishni istamadi va vaqtni cho‘zishni boshladi. U buni qonuniy yo‘l bilan qilish uchun bir nechta kombinasiyani ishga soldi.

Bu orada, Kataloniya hokimiyati ommaviy ovoz berishga ruxsat berdi. 1-2 noyabr sanasida bo‘lib o‘tgan jarayonda muxlislar «Kamp Nou»da ovoz berishlari lozim edi.

Bartameu bunga norozilik bildirdi. Klub muxlislarining deyarli 40 foizi 50 yoshdan oshgan odamlar bo‘lgani bois prezident koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan cho‘chidi va so‘rovnomani 15-16 noyabrga ko‘chirishni taklif qildi, ammo uning taklifi rad etildi.
Keyinroq Bartameu vaziyatga o‘z izohini qoldirdi:

"Biz o‘z muxlislarimizni og‘ir ahvolda qoldirmaslikka qaror qildik. Shu bois, iste’foga chiqdim. Aynan shu bois, ovoz berish jarayonini o‘tkazmaslik lozim." Aynan shu vaj asosida Xosep o‘z xohishi bilan chetga chiqdi. 

Messi bilan jang, o‘yin sifatining tushib ketishi va Pikening tanqidlari vaziyatni tezlashtirib yubordi. «Barselona» «La Liga» jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. Bu so‘nggi yillardagi eng yomon natija. Shunday bo‘lsada, prezident o‘z postini topshirayotib kichik bir sirni ochdi.

«Ketish oldidan sizga qiziq ma’lumotni aytib o‘tmoqchiman. Kecha biz kelajakda tashkil etilishi aniq bo‘lgan Yevropa super ligasida ishtirok etishga qaror qildik. Bu musobaqa klublarga moliyaviy mustahkamlik olib keladi. Kelajakda aynan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida to‘p surishga qaror qildik»

Endi nima bo‘ladi?!

Barselona" jamoasi ustavlarida bunday vaziyatda qanday yo‘l tutilishi lozimligi aniq qilib yozilgan. Unga ko‘ra, endi boshqaruvsiz hokimiyat yuzaga kelib chiqishi lozim.

Qonunga ko‘ra, klubni tark etgan prezident o‘rnini klubning ekonomika bo‘yicha komissiya rahbari egallaydi. Shunday ekan, tanishing jamoaning yangi vaqtinchalik prezidenti - Karles Tuskets! Shuningdek, uning boshqaruviga 7 ta o‘z-o‘zini boshqaruvchi klub rahbarlari ham qo‘shiladi. Eng muhim omil shundaki, aynan boshqaruvchi komissiya klub prezidenti bajarishi lozim bo‘lgan vazifani o‘z bo‘yniga oladi. Ushbu komissiyaning birlamchi vazifasi yangi prezident e’lon qilinguniga qadar 3 oy davomida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va klubning barcha ishlarini idora qilishdan iborat bo‘ladi.

Saylovda kim favorit?

Nomzodlar yetarlicha topiladi. Shunday bo‘lsada, ularning eng asosiysizlarini esga olamiz. Birinchi navbatda, Bartameuning «go‘riga g‘isht qalashdan charchamaydigan» Laporte! Shuningdek, Xosepning «taxtdan» qulashiga ko‘maklashib yuborgan Jordi Ferre. Bartameuni tanqid qilishdan charchamagan Viktor Font va uning qalin do‘sti Ksave Vilaxoana.


Ayni damdagi vaqtincha rahbar kim?

Yuqorida aytilganidek, endilikda klubni kamida 3 oy davomida Karlos Tuskets boshqaradi. Karlos klub menejeri sifatida Xosep Luis Nunyes (1978-2000) davridan beri ishlab kelmoqda. Qahramonimiz 27 yildan beri «Barselona»ning shaxsiy bizneslaridan olinayotgan daromadlariga javobgar shaxs edi.

E’tiborlisi shundaki, Tuskets deyarli 40 yildan beri moliya sohasida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Ayni damda, uning o‘z shaxsiy "Trea Capital" kompaniyasi mavjud. U yangi bizneslarga investisiya kiritadi va ularni yangi bosqichga olib chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu kompaniyaning jahon bozorida mavqeyi juda katta. Shuningdek, u Yevropa moliya boshqaruvi vaziri o‘rin bosari ham sanaladi. Bundan tashqari, qahramonimiz Ispaniyaning investisiya va nafaqa fondida direktor o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelmoqda. Bundan avvalroq, uning energetika va ko‘chmas mulk savdosida ham bizneslari mavjud edi.

Yevropa Super Ligasi nima?! Bartfmeu nimaga ishora qildi

Birinchi variant

Birinchi navbatda bu musobaqa haqida hali rasmiy ma’lumot yo‘q. Shunday bo‘lsada, o‘tgan haftada «Sky Sport» «Liverpul», «Manchester Yunaytedʼ va »Real"ning grand jamoalar o‘rtasida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan musobaqada ishtirok etmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi. Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu turnir 2022 yildan start olishi ko‘zda tutilgan. Shunga qaramay, UYEFA Yevropa Chempionlar ligasining huquqini 2024 yilga qadar sotishda davom etmoqda. Bu musobaqani tashkil etish haqida «Yuventus» rahbari Andrea Anyeli fikr bildirgan va ko‘plab tanqidlarga uchragan edi. 2019 yilda boshlangan yangi musobaqa tashkil etish g‘oyasi yakunlanmagan ish bo‘lib qoldi.

Ikkinchi variant

FIFA va UYEFA Yevropa Super ligasi haqida barcha ma’lumotlarni inkor etishda davom etmoqda. Bartameu esa, sobiq hamkasblarini noqulay vaziyatda qoldirgancha o‘zi chetga chiqib oldi. Endi ular, hech narsa bo‘lmayapti deya olishmaydi. Tez orada, faqat grandlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan musobaqa haqidagi savollar butun dunyodan yog‘ilib kelishni boshlaydi. Hech kim yangi musobaqa orqali Yevropa chempionlar ligasi putur yetkazishni istamaydi. Shu bois, Bartameu munosabatlarni anchayin yomonlashishiga sabab bo‘luvchi sirni ochdi.

Uchinchi variant

bu so‘zlar «Barselona»ning u davrida moliyaviy qiyin ahvolda qolganini berkitish uchun aytilgan so‘zlar bo‘lishi ham mumkin. Deyarli barcha uning qo‘l ostida klub omadsiz transferlar qilganini va oqibatda kerakli pallada klub futbolchilarga maoshini ham to‘lay olmaganini yaxshi biladi. Ortda qolgan mavsumda «Barselona» rasman 97 million yevro zarar ko‘rdi. Qarzlar esa juda ham ko‘payib ketdi. «Kamp Nou»ni qayta ta’mirlash rejasi olg‘a surilmayapti. «Real» o‘z arenasini super darajaga olib chiqish uchun barcha harakatlarni amalga oshirayotgan bir paytda, «Barselona» juda xunuk ahvolda qoldi. Bartameu o‘zining so‘nggi so‘zlari orqali moliyaviy muammolarning tez orada hal etilishiga shama qilgan bo‘lishi ham mumkin. Umuman olganda shu uchta variantdan boshqasi haqiqatga yaqin emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:34, 28.10.2020.
O'qildi: 9143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.