Fransiya futbol federasiyasi koronavirus pandemiyasi sababli bir qator futbol musobaqalari to‘xtatilishini e’lon qildi.
1-dekabrga qadar Fransiya kubogi, 3-diviziondan quyi ligalar o‘rtasidagi barcha musobaqalar va Fransiya ayollar chempionatining ikkinchi divizioni to‘xtatildi. Milliy chempionat uchrashuvlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
29-oktyabrdan boshlab Fransiyada Prezident Emmanuel Makronning ko‘rsatmasi bilan umumiy izolyasiya rejimi joriy etildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kun davomida mamlakatda koronavirus infeksiyasining 36 437 yangi kasalligi qayd etildi.