Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

"Liverpul"dan o‘zgacha tanlov

Angliyaning "Liverpul" jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida erkin agent maqomidagi Esekel Garay bilan shartnoma imzolash niyatida.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, "Liverpul" jamoasi deyarli mavsumni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lib ulgurgan Virjil Van Deykning o‘rnini shu tariqa to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining so‘nggi klubi "Valensiya" jamoasi edi. Garay va "ko‘rshapalaklar" yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagach, Garay erkin agentga aylangan.

Simionega hujumchi kerak

Madridning "Atletiko" jamoasi ustozi Diyego Simeone "Atalanta" hujumchisi Duvan Sapatani nishonga oldi.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, "Atletiko Madrid" ustozi "matraschilar" hujumida aynan shu futbolchilar juftligini paydo bo‘lishini istamoqda. Shu bois, Sapataning transferini amalga oshirish borasida rahbariyatga murojaat bilan chiqqan.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Atalanta" o‘z futbolchisini 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Agar ushbu summa "matraschilar"ni qanotlantirsa, transfer qishda amalga oshishi mumkin.

"Chelsi"ga Ginter kerak!

Londonning "Chelsi" transfer oynasi ochilishi bilan "Borussiya M" himoyachisi Mattias Ginter bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, London klubi Ginter uchun 35 million yevro sarf etishni rejalashtirmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi ham APL jamoasida to‘p surishga qarshi emas, biroq "Borussiya M" o‘z futbolchisini qishda sotishni istamayapti. Jamoaning ayni damdagi asosiy vazifasi YCHLda munosib ishtirok etish. Shunga qaramay, "Chelsi" tomonidan taklif qilishini mumkin bo‘lgan pullar nemislarni o‘ylantirib qo‘yishi mumkin.

"Barsa"ga himoyachi zarur

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi qishda markaziy himoyachi sotib olishga qaror qildi.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, klub nishonida "Siti" himoyachisi Erik Garsiya turibdi. "Siti" o‘z himoyachisini sotishga qarshi emas. Shu bois, transfer qishda amalga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli futbolchining o‘zi Gvardiola qo‘l ostida to‘p surishni afvzal ko‘rmoqda.

"Arsenal"ga kipper kerak

Londonning "Arsenal" jamoasi Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi darvozaboni Anatoliy Trubin bilan jiddiy qiziqib qoldi.

"The Sun" nashrining ma’lum qilishicha, uning Yevropa Chempionlar ligasidagi o‘yinlari sababli ko‘plab grand jamoalar e’tibor markaziga tushib qoldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchi bilan "Arsenal"dan tashqari "Chelsi" ham shartnoma imzolamoqchi. "Shaxtyor" o‘z darvozabonini 25 million yevroga sotib yuborishga tayyor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:31, 31.10.2020.
O'qildi: 7135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.