Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘ziga yangi jamoa izlashga tushib ketgan yulduzlar

O‘ziga yangi jamoa izlashga tushib ketgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Stadion.uz mavsum so‘ngida erkin agentga aylanishi bo‘lgan va boshqa jamoa o‘tishi aniq eng taniqli futbolchilar bilan yaqindan tanishtirib o‘tadi.

Mesut O‘zil

Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachi APLning eng katta maosh oluvchi 5 ta futbolchidan bittasi sanaladi. Shunday bo‘lsada, uni klub uchun ulkan naf keltirmoqda deb bo‘lmaydi. Afsuski, yiliga 20 million yevro maosh olayotgan futbolchi boshqa klubga o‘tishni istamadi. U "Arsenal"dan barcha pullarini undirgach, katta ehtimol bilan Germaniya yoki Turkiya klublaridan biri bilan shartnoma imzolaydi. Uning agenti sanalgan otasi buni yashirib o‘tirmayapti. Ayni damda, O‘zilning transfer summasi 9 million yevroga baholanmoqda, biroq uning maoshi sababli birorta klub "Arsenal"ga qishda taklif bilan chiqmasligi aniq.

Kepa Arrisabalaga

Futbol tarixidagi eng qimmat kipper sanaluvchi Kepani «Renn»dan kelgan Mendi muammosiz almashtirdi. Mendi 5 ta o‘yindan beri ishonchli ko‘rinmoqda va katta ehtimol bilan birinchi raqamni hech kimga bermaydi. Bunday vaziyatda, Kepa o‘z imijiga jiddiy putur yetishini anglab turibdi. Boz ustiga, «Chelsi» ham 80 million yevroni havoga uchirib yubormoqchi emas. Katta ehtimol bilan, klub qishda Kepani ijaraga asosida Ispaniyaga jo‘natadi. Hozircha, unga bir nechta o‘rtamiyona jamoalardan takliflar mavjud.

Usman Dembele

Usman aslida yozda jamoani tark etishi ko‘zda tutilgan edi, biroq buni o‘zi istamadi. «Barselona» uni 80 keyinroq 60 million yevroga sotishga ham rozi bo‘ldi, ammo futbolchi Kuman qo‘l ostida o‘z omadini sinab ko‘rishni istadi. Oqibatda, yana keraksiz futbolchiga aylandi qoldi. Qishda Kataloniya klubi Kumanning talabiga binoan Depayni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Buning uchun esa, Dembele transferga qo‘yiladi. Katta ehtimol bilan, Usmanning keyingi jamoasi APL klublaridan biri bo‘lishi mumkin. Yana kim biladi deysiz?!

Pol Pogba

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisini baxtli deb bo‘lmaydi. Jahon chempioni uzoq yillardan beri «qizil iblis»ga aylanishga harakat qilmoqda, ammo hozircha muxlislar e’tiborini qozongani yo‘q. Katta ehtimol bilan, uni yozda transferga qo‘yishadi. Boisi, «MYU»ning katta musobaqalarda ishlari yurishmayapti. Pogba esa, eng katta maosh oluvchi ikkinchi raqamli futbolchi bo‘lishiga qaramay, aytarli foyda keltirmayapti. Uni «Yuve» va «Real» o‘z safida ko‘rish istagida, biroq pandemiya chog‘ida 89-90 million yevro to‘lash ularning qo‘lidan keladimi?!

Federiko Bernardeski

«Yuventus» Federiko uchun 40 million yevro sarf etdi, biroq uni asosiy tarkib futbolchisiga aylantira olmadi. Afsuski, Bernardeski vinger sifatida «Yuventus»ning hujumdagi muammolarini berkita olmadi. Qaytanga, o‘zi muammoga aylandi. Endi esa, o‘yin amaliyotsiz qolib ketmoqda. Ayni damda, uni Auarning transferiga bonus sifatida qo‘shib berish rejasi o‘ylab ko‘rilmoqda. Nedved futbolchini sotishning imkoni bo‘lmasa, birorta transferga qo‘shib boshqa jamoaga ravona qilmoqchi.

Kristian Erikson

Daniyalik futbolchi «Tottenhem»ni katta maqsadlar bilan tark etgan edi, biroq transfer to‘liq omadsizlikka yuz tutdi. Pochetinno qo‘l ostida maydonning deyarli barcha nuqtalarida muvaffaqiyatli to‘p surgan futbolchiga Konte yarim himoyadan joy topa olmayapti. Shu bois, klub uni transfer summasi uchun sarf etgan pullarini qaytarib olmoqchi. «Inter»ning ichki birinchilikda omadi kelyapti deb bo‘lmaydi. 6-o‘rindagi klubning hujumdagi ishlari unchalik emas. Eriksen esa, hali birorta foydali harakatni amalga oshirmadi. Uni qo‘lga kiritishni istagan klub 20-25 million yevro atrofida sarf etishi lozim. Ayni damda, bu summa Eriksenni bozori chaqqon futbolchilardan biriga aylantiradi.

Antuan Grizman


«Barselona» futbolchisi yiliga 38 million yevro maosh olmoqda. Bu 18 yoshli Ansu Fatiga asosiy tarkibdagi o‘rnini berib qo‘ygan futbolchi uchun juda ko‘p. Boz ustiga, Messining o‘rnini asosiy tarkibda egallay olmagach, Antuan deyarli keraksiz futbolchiga aylanib qoldi. Uning yuqori klassdagi futbolchi ekanligi ba’zida gol yoki assistni amalga oshirishiga imkoniyat yaratmoqda, biroq umumiy qilib aytganda uning «Barselona»ni tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. «Barselona» uning jamoasi emasligi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Antuan o‘z karyerasini qutqarib qolish uchun qanday yo‘l tutadi? Bu savolga tez orada javob olishimiz mumkin.

Isko Alarkon

«Real Madrid» Zidan qo‘l ostida yangi sxema - 4-3-3 ga o‘tgach, sof pleymeykerga ehtiyot sezmay qo‘ydi. Afsuski, Zidanning yangi sxemalarining aksariyatida pleymeykerdan ko‘ra tayanch yarim himoyachilarining o‘rni kattaroq. Shu bois, Isko qisqa muddatda zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Ayni damda, Zidan qo‘l ostida Edegor, Modrich, Kroos, Valverde, Asensio, singari yarim himoyachilar mavjud. Oldinda esa, Vinisius, Rodrigo, Vaskes va Azarlar to‘p surmoqda. Shunday ekan, Iskoni olib qolishdan hech qanday naf yo‘q. Katta ehtimol bilan uning keyingi manzili APL bo‘ladi. Sababi, Anchelotti va Gvardiola uning xizmatlaridan foydalanish niyatida. Yiliga atigi 7 million yevro maosh oluvchi 30 million yevrolik futbolchi istalgan klubi kuchaytirishga qodir. Faqat o‘yin amaliyot taqdim etilsa bo‘lgani.

Leo Messi

Yanvar oyidan boshlab Messini «Barselona»da hech qanday kuch ushlab qola olmaydi. Messi istalgan jamoasi bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega. Agar jamoa kelajagidan xavfsiramay Leoni yozda qo‘yib yuborishganida, anchagina muammolardan xalos bo‘lgan edi. Endi esa, Messi allaqachon ketish haqida bosh qotirmoqda. Agar «Barselona»ning yangi prezidenti Messi fantastik maosh va ko‘plab bonuslar evaziga klubda olib qolsa, bu ikki tomon uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ruhan Messi «Barselona»ni tark etib bo‘ldi. Uning jismi esa, ortiqcha motivasiyasiz maydonda to‘p tepmoqda. Jamoaning natijalaridan shunday fikr kelib chiqmoqda. Balki, qishda jamoa u bilan yangi shartnoma imzolar?! Balki, Leo oxir oqibat jamoani tark etar. Ammo aynan u bugungi kunda o‘zi uchun klub izlayotgan eng taniqli futbolchi sanaladi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:55, 03.11.2020.
O'qildi: 9590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.