Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Argentina terma jamoasining eng sermahsul hujumchisi kim? (Top 5)

Argentina terma jamoasining eng sermahsul hujumchisi kim? (Top 5)

Baho:
+ | -

Stadion.uz so‘nggi yillardagi Argentina terma jamoasi uchun sermahsullik namoyish etgan hujumchilar bilan tanishtirib o‘tadi. Bugun vikipediyadagi terma jamoa uchun eng ko‘p gol kiritgan hujumchilarni emas, jamoa uchun foydali bo‘lgan forvardlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Bugungi ro‘yxatdan o‘rin egallagan futbolchilar quyidagi kriteriyalar bo‘yicha aniqlanadi. Terma jamoa safida 30 tadan kam o‘yin o‘tkazmagan, 21-asrda to‘p surgan bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar asosida biz hujumchilarning bitta gol kiritishi uchun nechta o‘yin kerak bo‘lishini aniqlaymiz. Shu yo‘sinda, jamoa uchun sermahsul bo‘lgan hujumchilar ro‘yxatini tuzib chiqamiz.

5-o‘rin. Xavyer Saviola

«Quyoncha» laqabli hujumchi 2001-2007 yillar oralig‘ida terma jamoa sharafini himoya qilgan. O‘zining chaqqonligi bilan dong taratgan futbolchi Argentina terma jamoasi libosida 39 bor maydonga tushgan bo‘lib, uning hisobida 11 ta gol mavjud. Uning gol kiritishi uchun o‘rtacha 3,54 ta o‘yin lozim. Bu terma jamoa safidagi eng yaxshi ko‘rsatgichlardan biri.

Saviola professional futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunladi. Uning so‘nggi jamoasi esa, Argentinaning «River Pleyt» jamoasi bo‘ldi. Qahramonimiz, «Barselona» va «Real»da to‘p surish nasib etgan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi.

4-o‘rin. Gonsalo Iguain

Deyarli butun Argentina xalqi Gonsaloni juda yomon ko‘radi. Shu bois, Iguain o‘zining so‘nggi mavsumlarini vatanidan uzoqda o‘tkazmoqda. Qahramonimiz 2009 yilda terma safida debyut qilgan edi. So‘nggi uchrashuvini esa, 2018 yilda o‘tkazdi. Hujumchi umumiy hisobda terma libosida 75 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning gollari soni esa, 31 taga teng! Bu har 2,41 ta o‘yinda bitta gol degani!

Afsuski, sovrinlar borasida uni omadi kelmagan desak, adashmagan bo‘lamiz. U naqd 3 ta katta musobaqa finalini boy bergan. Ayni damda qahramonimiz Devid Bekxemning MLSdagi «Inter Mayami» jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

3-o‘rin. Serxio Aguyero

Kun Agero o‘zining termadagi debyutini 2006 yilda o‘tkazgan. Qahramonimiz o‘zining gollari bilan «Manchester Siti»ni yangi darajaga olib chiqishda katta rol ijro etdi. Uning «Siti» klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar ekanligini so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Aguyero nafaqat klub, balki terma safida ham chinakam to‘purar U kiritgan gollar soni 42 tani tashkil etmoqda. Buning uchun unga 97 ta o‘yin kifoya qilgan. Bu har 2,3 ta o‘yinda bitta golga teng!

Ayni damda, Aguyero Pep Gvardiola qo‘l ostida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Uning Yevropadagi sarguzashtlari o‘z yakuniga yetib qolganga o‘xshamoqda. Sababi, Serxio bilan bir nechta boshqa qit’a vakillari qiziqib qolgan. Uning sermahsulligi a’lo darajada. Shu bois, unda o‘z sermahsulligini yaxshilab olish imkoni mavjud.

2-o‘rin. Lionel Messi

Leo terma jamoa safida o‘zining ilk rasmiy uchrashuvida qizil kartochka olgani bilan ko‘pchilikning yodida qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Shunga qamay, deyarli 16 yil davomida u Argentina safida shu qadar ishonchli o‘yin ko‘rsatd-ki, hatto bu voqeani unutib yuborishdi.

Leo turli rekordlar o‘rnatgan bo‘lsada, terma jamoa safidagi eng sermahsul futbolchi maqomini qo‘lga kirita olmagani qiziq. Qahramonimiz shu kunga qadar terma jamoa safida 138 bor maydonga tushgan. Uning gollari soni esa, 71 taga teng. Bu har 1,97 ta o‘yinda bitta gol degani. Oldinda Messini JCH saralash uchrashuvlari kutib turibdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, unda terma safidagi eng sermahsul futbolchi bolish imkoni mavjud ekanligidan dalolat.

Leo hozircha, «Barselona» jamoasi a’zosi. Shunday bo‘lsda, qishda barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. U bilan «Manchester Siti» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Hujumchining o‘zi ham boshqa jamoaga ketish haqida bosh qotirmoqda.

1-o‘rin. Ernan Krespo

O‘zining “A seriya”dagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchini unutib yubormagan bo‘lsangiz kerak. Qahramonimiz terma jamoa safida 1995-2007 yillar oralig‘ida to‘p surdi va o‘z davrining eng kuchli markaziy hujumchisiga aylandi.

64 ta o‘yin 35 ta gol. Bu ko‘rsatgich bir qarashda kamtarindek ko‘rinishi mumkin, ammo sermahsullik bobida aynan Krespo hozircha Messini kichik farq bilan ortda qoldirmoqda. Unga gol kiritish uchun o‘rtacha 1,82 ta o‘yin kerak bo‘lgan. Agar Leo terma safida yana 3-4 ta gol kiritsa, bu borada ham yaqqol peshqadam bo‘lib olishi mumkin. Hozircha, Krespo yaqqol yetakchi.

Ayni damda, Ernan «FK Defensa va Xustisia» jamoasida bosh murabbiy vazifasida faoliyat olib bormoqda. 44 yoshli mutaxassisning murabbiylikda omadi keldi deb bo‘lmaydi, ammo u harakat qilishdan to‘xtamayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:28, 08.11.2020.
O'qildi: 4496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.