Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 16:00 Surxon 2-1 Lokomotiv
25/10 18:15 Navbahor 1-0 Metallurg
25/10 21:30 Udineze 2-0 Kalyari
25/10 23:45 Torino 1-0 Komo
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum - Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid - Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli - Lechche
26/10 18:15 Andijon - Olimpik
26/10 19:00 Brentford - Ipsvich
26/10 19:00 Brayton - Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti - Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa - Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano - Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas - Jirona
26/10 21:30 Everton - Fulhem
26/10 23:45 Atalanta - Verona
27/10 00:00 Real Madrid - Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Inter» qishda ishga kirishadi

Milanning «Inter» jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida markaziy hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.

“Tuttosport” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida «Napoli» futbolchisi Arkadiush Milik va «Chelsi» forvardi Oliviye Jirular mavjud.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Inter» ushbu transferlarni amalga oshirish maqsadida Vesino, Nainngolan va Eriksenlarni transferga qo‘yadi.

«Liverpul» himoyachi izlamoqda

Angliyaning «Liverpul» jamoasi qishki transferlar chog‘ida markaziy yarim himoyachi sotib olish rejasini amalga oshiradigan ko‘rinadi.

“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida «Reding» markaziy yarim  himoyachisi Maykl Olise mavjud. Ushbu futbolchi bilan ayni damda APLning deyarli barcha klublari qiziqib qolganini inobatga olsak, transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligi aniq.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda 18 yoshli Maykl Chempionshipning 10 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol+3 ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning transfer summasi 4,5 million yevroga baholanmoqda.

Hoqon nishonda

Milanning «Milan»jamoasi yarim himoyachisi Hoqon Chalganog‘li bir nechta grand jamoalar nishonida turibdi.

“Corriera Della Sport”nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining agenti o‘z mijozining xizmatlarini bir nechta grand klublarga taklif qilgani bois, «Milan» futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirisha olmayapti.

Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ayni damda, «Milan» jamoasi futbolchiga yiliga 2,5 million yevro maosh to‘lamoqda. Futbolchining agenti esa, bu summani 6 million yevroga qadar ko‘tarish niyatida.

«Inter» asosiy nishonni aniqlab oldi

Milanning «Inter» jamoasi qishki transfer oynasi ochilishi bilan asosiy urg‘uni maydon markazini kuchaytirishga qodir Ngolo Kantega qaratmoqchi.

Canal+ va Goal nashrlarining ma’lum qilishicha, ushbu transferni shaxsan Antonio Konte talab qilmoqda. Murabbiy o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun bu transferni juda muhim sanamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ingliz nashrlarida «Inter» Ngolo uchun Eriksen va  yana 20 million yevro bermoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Kutrone qayerga ketmoqchi?

«Fiorentina» jamoasi ijara asosida himoya qilayotgan «Vulverhempton» jamoasi futbolchisi tez orada «Bolonya» bilan shartnoma imzolashi mumkin.

“Goal” nashrining ma’lum qilishicha, ingliz klubi o‘z futbolchisi o‘yin amaliyotga ega bo‘lmayotgani sababli qishda Kutroneni ortga qaytaradi.

Manbaning ma’lum qilishicha, vaziyatdan «Balonya» jamoasi unumli foydalanish maqsadida «bo‘rilar»ga taklif bilan chiqqan va Patrik uchun 100 foiz kafolatlangan o‘yin amaliyotini taklif etmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar allaqachon «Vulverhempton» bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:29, 08.11.2020.
O'qildi: 7031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.