Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Liverpul»ga chempionlikni saqlab qolishda qo‘l kelishi aniq bo‘lgan 5 ta omil

«Liverpul»ga chempionlikni saqlab qolishda qo‘l kelishi aniq bo‘lgan 5 ta omil

Baho:
+1 | -

Stadion.uz «Liverpul»ga  chempionlikni takrorlashda qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan faktorlar haqida fikr almashadi.

Kuchli beshlikda chempionlikka erishish juda mushkul vazifa. Ayniqsa, APL singari shiddatli chempionatda. Bundan ham qiyinrog‘i, ushbu chempionlikni munosib himoya qilish! Endilikda, taqvim zich, boz ustiga terma jamoadan chaqiruvlar sababli futbolchilarning 100 foiz imkoniyatlarini maydonda namoyish etishlari mushkul. Murabbiylar uchun og‘ir bo‘lgan paytda, bu vazifani uddalash qay daraja mushkul ekanligini tasavvur qilish mumkin.

Bugun biz chempionlik uchun kurashga «Liverpul»ning nigohi bilan bilan boqishga urinib ko‘ramiz. Qahramonlarimiz 30 yillik tanaffusdan so‘ng, taxtga ko‘tarilishgan edi. Endi Klopp boshchiligidagi «banda» bu taxtda kamida yana bir mavsum qolish ilinjida. Mavsum boshida Virjil, Fabinyo Chemberlen, Nabi Keyta, Tyagolarning jarohatiga qaramay, klub g‘oliblik uchun odimlashni istamoqda.

To‘g‘ri, kutilganidek bu mavsumda super start amalga oshmadi, biroq «Siti»ga qarshi uchrashuvda jamoa hali o‘z qudratini yo‘qotmaganini ko‘rsatib qo‘ydi. Aynan o‘sha bahsdan so‘ng, ko‘plab mutaxassislar «Liverpul»ning bazasi hali mustahkam ekanligiga ishonch hosil qilishdi. To‘g‘ri, bu mavsumda «mersisaydliklar»dan 20 ochkolik farqni kutish g‘alati, biroq jamoa g‘oliblik uchun barcha imkoniyatlarini to‘liq saqlab qolmoqda. Bugun APL sovrinini qo‘lga kiritish uchun ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan 5 ta imkoniyat haqida fikr almashamiz.

1.  Markazda Virjilsiz ham stabillik namoyish etuvchi tandem

Van Deykning aprel oyida ortga qaytishi hech kimni xursand qilmadi. Sababi, u o‘z formasini tiklab olguniga qadar deyarli mavsum tugab bo‘ladi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun Virjil «Liverpul» futbolchisi ekanligini unutish, va uni xuddi kelasi mavsumda jamoaga kelib qo‘shiladigandek qabul qilish lozim. Gollandiyalik himoyachi safdan chiqqach, Jo Gomes 4 xil futbolchi bilan tandemda harakat qilib ko‘rdi. Matip, Uillyamson, Fillips va Fabinyolar kutilgan natijani bermadi, ammo boshlanishi yomon emas. Statistika chakki emas. 6 ta o‘yin, 3 ta o‘tkazib yuborilgan gol va 5 ta g‘alaba. Bu markaziy himoyada debyut qilgan ikkita futbolchi bilan erishilgan natija.

Bu kishini quvontirmoqda, ammo chalg‘ib qolmaslik lozim. Ayniqsa, zamonaviy futbolda markaziy himoyachilar tutgan o‘rinning yuqori ekanligini inobatga olsak, vaziyat ancha chigal. Katta ehtimol bilan Gomes – Matip tandem! Agar Joel jarohatlarsiz ( bunga ishonish qiyin) mavsum o‘tkazsa, hademay Fabinyo qo‘shimcha imkoniyatga aylanadi. Xo‘sh, bu uchlik markaziy himoyadagi muammoni may oyiga qadar berkita oladimi? Yoki «Liverpul» qishda transfer oynasida 50-70- million yevro atrofida sarf etadimi? Bu vaziyatda savollar bisyor, biroq ularga Klopp javob beradi. Uning javobi esa, mavsum so‘nggida APL g‘olibligi uchun qanday ta’sir ko‘rsatishi bilib olishimiz mumkin. Umid qilamizki, Yurgen tanlovda adashmaydi.

2.  Taktik zichlik

«Liverpul» jamoasi murabbiylar shtabida ish olib borayotgan Pepeyn Leynders ingliz nashrlari uchun bergan intervyusida, joriy mavsumda murabbiylar «Liverpul»ni raqiblar uchun yechib bo‘lmas boshqotirmaga aylantirmoqchi ekanligini aytib o‘tgan edi. Gollandiyalik yordamchi murabbiy Trent va Robertsonlarning imkoniyatlarini qirqib qo‘yishga qodir jamoalarga qarshi o‘yinlarni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas.

Yangi mavsumda, «Liverpul»ning butun maydon bo‘ylab harakat qilishi biroz kamaydi. Endi jamoa, ancha zich joylashmoqda va qisqa paslar va kombinasiyalarga urg‘u bermoqda. Bunday uslub samara berishi uchun esa, Jota va Alkantaralar bejiz xarid qilinmadi. Bu mavsumda jamoa o‘zi sevgan, katta naf bergan 4-3-3 dan, 4-2-3-1 ga o‘tganini bir necha bor ko‘rdik. Hatto, ayrim bahslarda Klopp 4-4-2 ga ham murojaat etmoqda. Hujum chog‘ida, ushbu sxemaning ko‘rinishi 4-2-4 ga o‘zgarishi, raqiblar  uchun kutilmagan «sovg‘a»ga aylanayotgani bor gap. Jamoaning maydonda rang-barang sxemada harakat qilayotganini murabbiy ham bir necha bor ta’kidlab o‘tdi:

“Avvallari bizda bitta, yaxshilab o‘zlashtirilgan sxema mavjud edi. Endilikda, biz bir o‘yinning o‘zida 3 yo 4 xil o‘yin sxemasidan foydalanishimiz mumkin. Ko‘pincha, raqiblar bizning 4-3-3 sxemamizga tayyor ravishda maydonga tushayotgan edi, ammo bu endi o‘tmishda qoldi. Hozir, bizga qarshi o‘yin oldidan qanday sxema tanlash raqiblarimiz uchun chinakam bosh og‘riq bo‘lishi aniq.”

3.  Tyago Alkantara – yangicha uslub va yangi g‘oyaning tamal toshi

Afsuski, Yurgen hozircha ispanning bor imkoniyatlaridan foydalana olmayapti. Bunga avvaliga pandemiya, jarohat sabab bo‘lmoqda. «Mersisaydliklar» tez orada Alkantarani maydon markazidagi sxemalar almashinuvi menejeriga aylantirishadi. Agar u markazda bo‘lsa, «Liverpul» istalgan daqiqada 4-3-3 dan, 4-2-3-1 ga o‘tishi mumkin. Sababi, aynan shu sxema «Bavariya»da bir necha yillardan beri qo‘llanilmoqda.

Boz ustiga, Tyagoning maydonda bo‘lishi, to‘p nazoratini yaxshilashi, va himoyachilarga bo‘ladigan bosimning keskin kamayishiga olib keladi. Shuningdek, o‘yin tempi va to‘pning to‘liq nazoratda bo‘lishi ham markazdagi Tyagoning birlamchi vazifalaridan. Sizga g‘alati tuyulishi mumkin, ammo Tyago ortiqcha muammosiz Virjilning yo‘qligini bilintirmasligi mumkin. Aslida, «Liverpul»ning hujum boshlovchi futbolchisi sanalgan Van Deyk va Alkantara bir turdagi futbolchilar sanaladi! Ular tug‘ma yetakchi va o‘z ishining ustalari. Endilikda, butun maydon bo‘ylab (agar bunga hojat bo‘lsa) krosslarni Alkantara bemalol yetkazib berishi mumkin. Shuningdek, kerakli pallada tayanch zonasiga yetib kelishi va 5-himoyachiga aylanishi ham hech gap emas. Umuman olganda, ushbu transfer «Liverpul» uchun chempionlikni saqlab qolish yo‘lida oldinga tashlangan qadam bo‘ldi.

4.  Rotasiya, rotasiya, rotasiya

Yozda Yurgen oldinda bizni eng noodatiy mavsum kutib turgani haqida so‘zlagan edi. Shuningdek, bu mavsumdan «omon» chiqish uchun rotasiya juda muhim ekanligini ham qo‘shib qo‘ygan edi. Afsuski, murabbiy o‘zi istaganidek rotasiyaga murojaat eta olmayapti. Mavsum boshida olingan jarohatlar (Shakiri, Mane, Fabinyo, Keyta, Simkas, Chemberlen, Virjil…) bunga imkon bermadi. Mavsum startidagi yo‘qotishlarga qaramay, murabbiy akademiya yoshlari va universal futbolchilar yordamida vaziyatdan chiqib ketishga urinmoqda. Bu quvonarli holat. Tez orada, tarkib yana to‘liq bo‘lgach, barchasi o‘z o‘rniga tushib ketadi. Agar murabbiy o‘zi aytganidek rotasiyaga katta urg‘u bersa, zich taqvimda sillasi qurigan raqiblardan 3 ochko olish ancha osonlashadi. Bu esa, yakunda kuchga to‘lgan oyoqlar yordamida chempionlikni nishonlash bilan tugashi ham hech gap emas.

5.  Raqiblar

Bu sport, unda g‘alaba qozonish uchun raqibning omadsizligi ham kerak bo‘ladi. Bu «Liverpul»ni kamsitish emas, shunchaki ayni damda jamoaning «tumanli albion»dagi chempionlik taqdiri raqiblarning o‘zini qay darajada namoyish etishi bilan ham bog‘liq. Ayniqsa, asosiy raqobatchilarniki bilan chambarchas bog‘liq desak, adashmagan bo‘lamiz. APLning so‘nggi 4 ta mavsumidan beri g‘olib 90 ochkodan kam jamg‘armayapti. Bu mavsumda esa, bu tryukni namoyish etish juda mushkul. Bugungi kundagi «Liverpul» o‘tgan mavsumdagi kabi 99 ochko bilan chempionlikni nishonlashiga ishonish mushkul, ammo bu ishni «Siti» yoki “Arsenal” ham amalga oshira olmasligi tobora aniqlashib bormoqda. Katta ehtimol bilan, joriy mavsumda g‘oliblik uchun 80-82 ochko yetarli bo‘ladi. Bu esa, so‘nggi 5 yil ichidagi chempionlik uchun eng shiddatli kurash bizni kutib turganidan dalolat!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:55, 11.11.2020.
O'qildi: 5946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.