Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

820 million qarz?! «Barselona» erkini yo‘qotib bormoqda! Klub «cho‘kmoqda»!

820 million qarz?! «Barselona» erkini yo‘qotib bormoqda! Klub «cho‘kmoqda»!

Baho:
+ | -

Stadion.uz Kataloniyaning «Barselona» jamoasi tushub qolgan og‘ir va murakkab ahvol haqida fikr almashadi.

Afsuski, «8» va «2» raqamlari «Barselona»ni taqib qilishdan to‘xtamayapti. Hatto, jamoaning qarzi ham ayni damda 820 million yevroga yetib qoldi. Jamoaning bankrot ahvolga tushib qolishi va bunga sabab bo‘lgan voqealar atrofida fikr almashamiz.

O‘tgan yili qarzlar bundan ham ko‘p edi

Bu yil «Real» jamoasi muxlislari azaliy raqiblarini bir necha bor shu mavzu borasida hazil qilishgani, turli memlarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgani rost. Bu mavsumdagi raqamlar o‘tgan mavsumdagisidan biroz kamroq. O‘tgan yili bu raqamlar 888 million yevroni tashkil etayotgan edi.

Endi esa, jamoa menejerlari 820 million yevroning 488 millionga qadar kamayganini ma’lum qilmoqda. Bu yaxshi natija, biroq 488 millionni kichik summa deb bo‘lmaydi. Boz ustiga bu qarz Bartameu tomonidan «Goldman Saks Group»dan olingan. O‘zining «The Firm» laqabi bilan mashhur ishbilarmonlar juda ham jiddiy odamlar sanaladi.

1869 yilda tashkil etilgan bank AQSHda juda mashhur. Ular o‘z ismlari oldiga bejizga «The»ni qo‘shib olishmagan. Ular istalgan summadagi qarzni istalgan vaqtda istalgan ko‘rinishda berishlari mumkin, ammo uni qaytarib olishda juda qat’iy harakat qilishadi. Barchasi qonun doirasida albatta.

Nima uchun Bartameu kreditni aynan bank olamidagi nahanglardan oldi degan savol paydo bo‘lishi aniq. Gap shundaki, Ispaniyadagi birorta bank Xosep bilan ishlashni istamagan. Shu bois, prezident o‘z kursisiga yanada yaxshilab joylashib olish maqsadida AQSHliklar bilan aloqaga chiqishga qaror qilgan. Bartameu o‘zi bilib yoki bilmay AQSH bankini qo‘llariga klubning yoqasini tutqazib ketdi. Endi baquvvat qo‘llar «Barselona»ni 1,8 trillion dollarga qadar bo‘g‘ishi mumkin.

«Barselona» bankrotlik arafasida!

2010 yilda ham xuddi shunday holat kuzatilgan edi. O‘shanda, jamoa ispan banklaridan 500 million yevro qarz bo‘lib qolgan edi. Jamoa sovrinlar yutishni boshlagach, barchasi o‘z o‘rniga tushib ketgan edi. Endigi vaziyat esa ancha og‘ir. Klub o‘z imijini yo‘qotgan. Xalqaro bozorda ham «Barselona» logosining narxi ancha pastlagan. Agar Messi qishda ketsa, bu jamoaning media bozordagi o‘rnini keskin yo‘qotish bilan yakunlanishi turgan gap.

Bartameu va uning komandasi vaziyatga boshqacharoq yondashishga qaror qildi. U stadionni qayta ta’mirlash va infratuzilmasini yaxshilash orqali jamoa byudjetiga katta foyda keltirishni reja qilgan edi. Shu bois AQSHlik bankirlardan kredit olindi.

Barchasi Bartameuning ayyor rejasi asosida ketayotgan edi, biroq kutilmaganda pandemiya barchasini rasvo qildi. Avvaliga, Bir yil davomida Ispaniyadagi barcha qurilishlar to‘xtatildi. «Barselona» esa, birigina klub muzeyining yopilishidan 18 million yevro zarar ko‘rdi. Shuningdek, turli suvenirlar sotiluvchi do‘konlarning yopilishi yana 40 million yevrodan mahrum qildi. Bo‘sh stadionda o‘tkazilgan o‘yinlar esa, naqd 50 million yevro daromadning havoga uchib ketishiga sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari, ko‘plab kriminalistlar vaziyat faqat pandemiya sababli yomonlashmagan deb hisoblamoqda. Ishni tekshiruvga olgan maxsus bo‘lim xodimlari ofisdagi barcha ma’lumotlarning yo‘qolganidan hayron ekanliklarini yashirib o‘tirishmayapti. Jamoa ofisidagi barcha kompyuterlarning xotirasidagi ma’lumotlar nima uchun o‘chirilib tashlangani sir bo‘lib qolmoqda. Endi Bartameuni tenderlardagi narxlarni sun’iy ravishda oshirishda va klub pullarini o‘marishda ayblov e’lon qilishi mumkin. Afsuski, ko‘plab dalillar yo‘q qilingan, biroq ish sudga oshsa vaziyat o‘zgarib ketishi hech gap emas.

Maoshlar klubni chuqurroq cho‘kishiga sabab bo‘lmoqda

Ispaniya hukumati so‘nggi oylar davomida PR kompaniyasining xalqaro arenada Pike, Messi va Gvardiolaning sha’niga yomon so‘zlar aytish uchun maxsus botlarni yo‘llagani ortida Bartameu turganiga shubha qilmayapti. Ushbu kompaniya ijtimoiy tarmoqlar orqali Bartameuning faoliyatini maqtagan, Messini esa egoizmda ayblagan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyish evaziga 1 million yevro daromad olgani haqida ma’lumotlar bor. Boshqa mutaxassislar esa, bu «xizmat» uchun PR kompaniyasi ancha ko‘proq pulga ega chiqqanini taxmin qilmoqda.

Sudda Bartameuni Messining qora piari uchun ayblash noo‘rin, ammo kelishuvlardagi summaning kattaroq qilib ko‘rsatishga bo‘lgan urinish qattiq jazolanishi mumkin. Ayni damda, Xosep qamoq jazosiga ruhan o‘zini tayyorlamoqda desak, adashmagan bo‘lamiz. Bunga qadar, «Barsa»ning boshqa prezidenti Rossel ham prezidentlikdan so‘ng, qamoqqa ravona bo‘lgan edi.

To‘g‘ri, Bartameuning o‘rnini qonun-qoida asosida ish ko‘ruvchi insonlar egallamasligi mumkin. Mafiyaga aloqador ekanligini isbotlamagan Joan Laport asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Pike jamoaga yangi investorlar olib kelishi mumkin, ammo u buni beminnat qilmasligi aniq.

Ayni damda, barcha investorlar ehtiyot bo‘lishmoqda. Sababi, 490 million yevro qarzi bor jamoaga hech kim pul tikishni istamayapti. Bartameu o‘zining «Super Liga» haqidagi so‘zlari vaziyatni chalg‘itish uchun aytilgan so‘z edi. Shu yo‘sinda, u barchaning e’tiborini boshqa tomonga burib yubordi. Ispaniyaning o‘rtamiyona jamoalarini yengga olmagan jamoa qanday qilib «Liverpul» va «Bavariya»lar bilan kuch sinashadi? Kuman qisqa muddatda klubni 200 million yevro daromad keltirishiga ishonish mushkul. Tarkibda yulduzlar qolmadi. Tajribali yigitlar ketishdi. Kuman Gvardiola tuzgan super jamoani tashkil etishiga ishonish mushkul.

«Balaugranes»ni kim qutqaradi? Krizis klubni «cho‘ktirib» yuboradimi?!

Ayni damda, «Barselon»ning shaffofligi Kishida shubha uyg‘otmoqda. Ayniqsa, «Barselona»ning Direktorlar kengashidan iste’foga chiqqan Emilio Russo vaziyatni keskin tanqid qildi:

«Menimcha, kimdir klub g‘aznasidan pul o‘g‘irlamoqda. Ular 100 ming yevrolik xizmatlar uchun ham 1 million yevro to‘lashmoqda. Bu yerda qing‘ir ish bo‘layotganiga Shubham yo‘q.»

Endilikda, yangi prezident kim bo‘lishidan qat’iy nazar, endi jamoani «The Firm»ning qo‘lidan qutqarish lozim. Buning uchun xitoylik milliarder yoki arab shayxlaridan biri kurashga qo‘shilishi lozim. Nima bo‘lgan taqdirda ham «Barselona» o‘z erkinligini yo‘qotib bo‘ldi.

Qarzni qaytarish uchun jamoada pul yo‘q. Yillik zarar 97 million yevrodan ortib ketdi. Tarkib ko‘tara savdosiga qo‘yilishi turgan gap. Messi katta ehtimol bilan erkin agent maqomida klubni tark etadi. «Kamp Nou»ni ta’mirlash noma’lum muddatga qoldiriladi.

Yillar kerak bo‘ladiganga o‘xshamoqda…

Bartameu ketgan bo‘lsada, o‘zidan sovg‘alar qoldirib ketishni unutmadi. Jamoani jar yoqasidan olib qolish uchun moliya ishlari bo‘yicha daho inson kerak bo‘ladi. Afsuski, bu inson birinchi o‘rinda jamoani kreditorlardan asrab qolish haqida bosh qotiradi. Unga klubning maydonda ko‘rsatayotgan natijasi ahamiyatsiz.

Shu kunga qadar kreditlar sababli banklar tasarrufiga o‘tib ketgan klublarning ahvoli ko‘pincha ayanchli holatga tushib qoladi. «Barselona» pandemiya sababli atigi 10-12 foiz yillik daromaddan ayrildi xolos. Klubni botqoqqa Bartameu olgan qarzlar tortib ketmoqda.

Sobiq prezident 2019 yilda jamoaning qarzi 200 million yevro ekanligini aytgan, biroq 800 million yevrolik kreditni yashirgan. Boz ustiga, prezident 2019 yilda Messini 250 million yevroga sotishdan bosh tortgan edi. Agar e’tibor berib qarasak, Messining biroz avval ketishi barcha masalaga yechim bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi.

Katta ehtimol bilan, «Barselona»ni saqlab qolish ilinjida barcha chora-tadbirlar ko‘riladi. Olingan qarzlarni qaytarish uchun klub imijini tushirib yubormaslik lozim. Shunday bo‘lsada, jamoaning moliyaviy imkoniyatlari qanday ahvolda bo‘lishi katta savol ostida qolmoqda.

Kataloniyalik mutaxassislarning fikricha, ancha chigallashib ketgan. Bartameu olingan kreditning katta qismini direktorlar kengashi va futbolchilarning maoshlariga ishlatgan. Yangi baza, yangi stadion, ko‘ngilochar maskanlar uchun bir yevro ham sarf etilmagan. «The Firm»ga pullar o‘z vaqtida qaytarilmasa, bu summa bir yildan so‘ng 2,2 barobar ortib ketishi mumkin. Hozircha, «Barselona» jarga qulab ketmadi, ammo jar yoqasida qancha muddat qolishi noma’lum.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:47, 11.11.2020.
O'qildi: 8258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.