Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Yuve» iqtidor izlamoqda

Turinning «Yuventus» jamoasi «Vulverhempton» klubining iqtidorli futbolchisini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, Turin klubi 20 yoshli Pedro Netu bilan shartnoma imzolamoqchi. Hujumchi bilan shartnoma imzolashni reja qilgan jamoa qishda ilk rasmiy taklif bilan murojaat etishi kutilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, inglizlar o‘z futbolchisini sotmoqchi emas. Shu bois, futbolchi bilan o‘rtadagi shartnomani 2025 yilda qadar cho‘zib olishdi.

Eriksen ketadi

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachi Krisitian Eriksonni sotib yuborishning turli yo‘llarini o‘ylab ko‘rmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, klub “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakani qo‘lga kiritish maqsadida Daniyalik futbolchini «kononirlarga» taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erikson uchun asosiy da’vogar PSJ bo‘lib turgani haqida ma’lumot bergan edik.

Ramos ketadi

Madridning «Real» jamoasi Serxio Ramos borasida yakuniy qarorga keldi.

Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Florentina Peres 34 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan. Jamoa qishda Ramos borasidagi barcha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi va uning transferidan pul ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi bilan «Yuventus» va PSJ jamoalari jiddiy qiziqish bildirishgan edi. Endilikda, ular safiga «Manchester Siti»  ham qo‘shildi.

«Barsa»dan transfer?!

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi himoya chizig‘ini kuchaytirib olish haqida bosh qotirmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, klub nishonida «Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger bor. Jamoa himoya markazini kuchaytirish maqsadida eng arzon variant izladi va Ryudigerda to‘xtadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa Erik Garsiyaning transferidan voz kechdi va bor e’tiborini Antonioga qaratadi.

«Milan»ga «Jinn» kerak

Milanning «Milan» jamoasi «Liverpul» yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolamoqchi.

Mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanishi kutilayotgan futbolchini «Milan» murabbiy Sandro Tonali uchun idial tandem bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» va Veyndalum o‘rtasida yangi shartnoma borasida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:41, 17.11.2020.
O'qildi: 5297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик