Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Messi klubda qoladi!"

"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Messi klubda qoladi!"

Baho:
+ | -

Kataloniya klubi prezidentligiga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan Viktor Font saylovlar oldidan Messi haqida fikr bildirib o‘tdi. 

"Agar sening jamoingda dunyoning eng kuchli futbolchisi o‘ynaganda sen uni olib qolgan bo‘lmasmiding?! To‘g‘ri, ayni damda uning o‘yinida pasayish ko‘zga tashlanyapti. Lekin u hech qanday shaxsiy sovrin yuta olmagan taqdirda ham, boshqalarga timsol bo‘lib turishi uchun xam jamoada qolishi shart. Mening qarorim qanchalik tanqidiy ruhda bo‘lmasin xozir vaziyat shunaqa. Men kelajakda "Barsa" va Messi o‘rtasidagi munosabatlarni imkon qadar yaxshilashga va futbolchining klubga bog‘liqlik jihatlarini tobora oshirishga xarakat qilaman. U  keyinchalik bu yerda kamida prezident bo‘lishi kerak", - deydi Font. 

Eslatib o‘tamiz, klub prezidentligiga saylovlar kelasi yilning yanvar oyida o‘tkaziladi. 

Kiritildi: 16:30, 18.11.2020.
O'qildi: 6585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик