Myunxenliklar yetakchisi o‘z kelajagi haqida gapirib o‘tdi.
«Mening oldimda hali 2 yarim yillik shartnoma muddati turibdi. Shuning uchun bu haqda o‘ylashga hali erta. Keyin nima bo‘lishini bilmayman. Klubimni yaxshi ko‘raman, biroq shartnomam tugagach qaysi qarorda to‘xtalishim noma’lum», - deydi polshalik superforvard.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
U joriy mavsum «qizillar» safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishgan va «The Best» sovriniga asosiy da’vogarlar ro‘yxatida turibdi.