«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh koronavirusdan to‘liq forig‘ bo‘ldi va Chempionlar ligasi doirasida «Atalanta»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
«Muhammad kecha umumiy guruhda shug‘ullandi va juda yaxshi ko‘rindi. U topshirgan test manfiy natija berdi. Ertagacha hech narsa o‘zgarmasa, u maydonga tushishi mumkin.
Lekin u karantindan chiqqaniga endi 3 kun bo‘ldi. Ko‘ramiz, Saloh maydonga tusharmikan», – dedi Klopp.