Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

YECHL. «Chelsi» va «Sevilya» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozonib, pley-off masalasini hal qildi

YECHL. «Chelsi» va «Sevilya» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozonib, pley-off masalasini hal qildi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan E guruhidagi o‘yinlar 25 noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Chelsi» safarda «Renn»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Kallum Hadson-Odoi londonliklarni oldinga olib chiqdi. Shundan keyin tashabbus mezbonlar tomoniga o‘tdi.

Ikkinchi bo‘limda fransuzlar hujumlarda faolroq bo‘ldi. Qator vaziyatlar 85-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi: Seru Girassi burchakdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Biroq londonliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Tezkor hujumdan keyin Olivye Jiru boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.

Guruhning ikkinchi o‘yini «Krasnodar» va «Sevilya» o‘rtasida kechdi. Ispanlar 4-daqiqadayoq Ivan Rakitichning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari 56-daqiqada Vandersonning goli bilan javob qaytardi. Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda Munir al-Haddodiy hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqasida g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa guruhdagi vaziyat quyidagi ko‘rinishni oldi:

1. «Chelsi» (10 ochko)
2. «Sevilya» (10)
3. «Krasnodar» (1)
4. «Renn» (1).

«Chelsi» va «Sevilya» muddatidan avval pley-off masalasini hal qilgan bo‘lsa, qolgan ikki jamoa Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Chempionlar ligasi, 4-tur
24 noyabr, seshanba
«Krasnodar» Rossiya — «Sevilya» Ispaniya 1:2
Gollar: 0:1 – 4 Rakitich, 1:1 – 56 Vanderson, 1:2 – 90+5 Munir.
«Krasnodar»: Gorodov, Martinovich, Ramires, Smolnikov, Pantaleao, Gazinskiy, Kabella (Utkin, 85), Olsson (Vilena, 67), Klasson (Chernov, 84), Suleymanov (Vanderson, 46), Berg (Ari, 67).
«Sevilya»: Vaslik, Kunde, Diyego Karlos, Eskudero (Rekik, 61), Oskar Rodriges (Jordan, 53), Gudel, Rakitich (Oliver Torres, 61), Fernando, Okampos (Idrissi, 72), de Yong (an-Nesiri, 72), Munir.
Ogohlantirishlar: Suleymanov (18), Jordan (58).

«Renn» Fransiya — «Chelsi» Angliya 1:2
Gollar: 0:1 – 22 Hadson-Odoi, 1:1 – 85 Girassi, 1:2 – 90+1 Jiru.
«Renn»: Gomis, Traore, Da Silva, Tryuffer (Mauassa, 86), Nyamsi, Nzonzi, Kamavinga (GrenYE, 78), Lea Siliki (Del Kastiyo, 63), Burijo, Doku (Gboo, 86), Girassi (Nyang, 86).
«Chelsi»: Mendi, Tiago Silva, Aspilikueta, Chiluell, Zuma, Jorjinyo, Maunt (Kante, 68), Kovachich (Havers, 76), Hadson-Odoi (Ziyosh, 75), Verner (Jeyms, 90), Abraham (Jiru, 69).
Ogohlantirishlar: Grenye (87), Burijo (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:19, 25.11.2020.
O'qildi: 2349 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик