«Barselona» himoyachisi Serjinyo Dest Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Kiyevning «Dinamo» klubiga qarshi o‘yinda (4:0) bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
AQSHlik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida YECHL doirasida gol urgan eng yosh himoyachiga aylandi. Dest kecha 20 yoshu 21 kunlik bo‘lgan edi.