Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Argentina «ko‘zyoshlardan cho‘kib ketdi»

Argentina «ko‘zyoshlardan cho‘kib ketdi»

Baho:
+ | -

Stadion.uz ayni damda o‘z qahramoni bilan xayrlashayotgan Argentina xalqiga hamdardlik bildiradi.

Hukumat a’zolari mahalliy xalqning talabiga binoan Diyego Armando Maradona bilan xayrlashib olish uchun imkoniyat yaratib berdi.

Mamlakatda 3 kun motam deb e’lon qilindi. Hatto telekanallarda ham ko‘ngil ochar dasturlar to‘xtatildi. Bugun Argentina vaqti bilan soat 6 da muxlislar sobiq futbolchi bilan xayrlashish uchun prezident qarorgohi sanalgan «pushti uy»ga tashrif buyurishni boshladi.

Barcha futbolchiga o‘zining so‘nggi so‘zlarini aytib olish istagida edi. Shu bois, erta tongdan prezident qarorgohi oldida tumonat odam yig‘ildi. Bu esa, turli tartibsizliklar kelib chiqishiga ham sabab bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Maradona bilan xayrlashish ikki sutkaga cho‘zilib ketdi. Ma’lumotlarga qaraganda, shanba kuni mamlakat rahbarlari futbolchining tobutini so‘nggi yo‘lga kuzatadi. Unga qadar, muxlislar tashrif buyurishlari mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi ikki kun davomida afsona bilan xayrlashish uchun milliondan ortiq insonlar tashrif buyurgan. Aslida, Argentinada kuchli karantin e’lon qilingan, biroq bunday vaziyatda barcha eshiklarni ochishga to‘g‘ri kelmoqda.

Shunday bo‘lsada, pandemiya qoidalari unutilib qo‘yilmadi. Xafvsizlik xodimlari hech kimni tobut oldida uzoq ushlanib qolishiga yo‘l qo‘yishmadi, ammo mana bir yog‘i yo‘q nogiron muxlis uchun istisno qilishdi.

Deyarli barcha Maradona bilan xayrlashuv chog‘ida qandaydir sovg‘alar tashlab ketmoqda.

Prezident qarorgohiga yetib bormaganlar voqeani katta ekranlarda tomosha qilishmoqda. Deyarli barcha afsonaviy futbolchi, xalq qahramoni va Argentina «erkatoyi»ni so‘nggi bor ko‘rish ilinjida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:52, 27.11.2020.
O'qildi: 7739 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик