Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Messi yanvarda «Manchester Siti»ga o‘tadimi? Gvardiola javob berdi

Messi yanvarda «Manchester Siti»ga o‘tadimi? Gvardiola javob berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa qishki transfer paytida yangi o‘yinchilarni sotib olishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.

«Yanvarda yangi xarid? Yo‘q, bu aniq. Ixtiyorimda barcha sovrinlar uchun kurash olib borishga qodir fantastik jamoa bor. Yaxshi o‘ynayotgan futbolchilar o‘ynashda davom etishadi.

Aguero yaxshi formaga kirish uchun harakat qilyapti, ammo u jarohat tufayli uzoq vaqt davomida maydonga tusha olmadi. U 32 yoshda, shuning uchun vaqt kerak. U o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun sidqidildan ishlamoqda hamda haftadan haftaga yaxshi formaga kirib bormoqda. Biz Serxio uchun maxsus mashg‘ulotlar grafigini ishlab chiqqanmiz. Oldimizda 7 oylik mavsum kutib turibdi. Hali o‘yinlar ko‘p, u bizga kerak», — dedi Gvardiola «Manchester Siti» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Avvalroq «shaharliklar» yanvar oyida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan muzokara boshlashi haqida xabar tarqatilgan edi. Argentinalik futbolchining o‘z klubi bilan shartnomasi joriy mavsum so‘ngida yakunlanadi. Shuningdek, ayrim OAV «Man Siti» qishda Messini qo‘lga kiritish uchun «Barselona»ga 15 mln funt taklif qilishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 09:35, 28.11.2020.
O'qildi: 5102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик