Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Atletiko"ning sobiq sardori futbolchisi faoliyatini yakunladi (foto)

"Atletiko"ning sobiq sardori futbolchisi faoliyatini yakunladi (foto)

Baho:
+ | -

Ispaniyalik yarim himoyachi, Madridning "Atletiko" klubida o‘ynab nom qozongan Gabi Fernandes futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchining so‘nggi jamoasi - Qatarning "Al Saad" klubi bo‘ldi. Gabi "Atletiko"dagi futbolchilik faoliyatida Yevropa Ligasida (2011/12, 2017/18), Ispaniya chempionatida (2013/14), Ispaniya Kubogidla (2012/13), Ispaniya Superkubogida (2014), UYEFA Superkubogida (2012) g‘alaba qozongan va ikki marta (2014/14, 2015/16) Yevropa Chempionlari Ligasi finalida o‘ynagan.

"Bugun futbolchilar faoliyatimga nuqta qo‘ymoqchiman. Faoliyatim davomida doim men bilan birga bo‘lgan insonlarga, barcha jamoadoshlarimga, murabbiylarga, barcha klub xodimlariga va albatta do‘stlarim va oilamga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular og‘ir kunlarimda yonimda bo‘lishdi. Shuningdek, meni nafaqat maydonda yaxshi bo‘lishimni, balki uning tashqarisida ham yaxshi bo‘lishimni talab qilgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Futbol insonlarning xotirasida qolishim uchun ko‘plab imkoniyatlar berdi va bu shubhasiz eng katta yutuq. Barchaga rahmat", - deb post qoldirdi Gabi o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.

Kiritildi: 13:48, 30.11.2020.
O'qildi: 2667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик