Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Eldorning goli haqida italiyalik muxlislar qanday fikrda?

Eldorning goli haqida italiyalik muxlislar qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Italiyalik futbol muxlislarining hamyurtimiz Eldor Shomurdov haqida bildirgan fikrlari bilan o‘rtoqlashamiz.Ular tomonidan "A seriya"ning tvitter va feysbuk sahifasida Eldor haqida qoldirgan izohlari bilan o‘rtoqlashib o‘tamiz.

Erik Noes

"Negativ fikrlarni bir chetga surib qo‘yamiz. «Jenoa»da hali imkoniyat mavjud. Boz ustiga, Eldor o‘yinni o‘ziga olishni boshladi. U yaqindagina assistni amalga oshirgan edi, endi esa gol kiritmoqda. O‘sishda davom etish lozim."

Vinchenso Spitaletta

"Eldor tez orada Italiyaning grand jamoalaridan biri safiga borib qo‘shiladi. Uning potensiali juda yuqori ekanligini so‘nggi ikkita o‘yin ko‘rsatib berdi. Shu izohimni eslab qoling."

Alesio Mamaliti

"Eldorning «Parma»ga qarshi uchrashuvini kuzatdim. U markaziy hujumchi nima qilishi kerak bo‘lsa, barchasini amalga oshirdi. Bravo! Ajoyib zarba!"

Marko Paskini

"E’tibor bering! Eldor so‘nggi ikkita uchrashuvda 1+1 ochko ishladi. Vaholanki, u endigina jarohatdan forig‘ bo‘ldi va hali jamoaga moslashganicha yo‘q. Agar shu ikki omil borasida barchasi o‘z o‘rniga tushsa, nimalar bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring!"

Eduardo Areliana

"Eldordan chiroyli golni tomosha qildim. Hujumchi deyarli bir o‘zi gol urdi. Unga birorta sherigi yordam bergani yo‘q. U so‘nggi o‘yinlarda tobora o‘zini yaxshi namoyish etmoqda."

Pening Tauf

"Afsuski, Eldor klubning eng omadsiz davrida keldi. Ayni damdagi «Jenoa» chempionatning eng aqlsiz klubi bo‘lib turibdi. Futbolchilar hujumchilar uchun hech qanday imkoniyat yaratib bermayapti. Shomurodovni tezroq boshqa klubga o‘tishiga tilakdoshman. Rolando Maranning yangi ish joyi «P seriya»da! Eldor bunday jamoa bilan juda qiynalmoqda."

Stefan Toriye

"Tan olish lozim, «Parma»ga qarshi uchrashuvda faqat o‘zbek «jang» qildi. Qolgan barcha «Jenoa» futbolchilari ko‘rsatgan o‘yinlari uchun uyalishlari kerak. Eldorga o‘yin uchun minnadorchilik bildiraman."

Massimo Gandolfo

"To‘g‘risi, Eldorning o‘yinlaridan zavqlandim. U butun o‘yin davomida xavfli vaziyat sodir etish bilan shug‘ullandi. Eng muhimi esa, kerakli pallada kerakli zarbani yo‘lladi. Bu tahsinga sazovor. U gol kiritgan vaziyatga e’tibor bering! Uning aslida qanday hujumchi ekanligini darrov anglab olishingiz mumkin."

Lorenso Masitelli

"Qanday ahmoqlik! Nega Maran uni zaxiraga oldi. Ahir u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi ediku! To‘g‘risi, Rolandoning qarori ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Pandev deyarli hech narsani amalga oshirgani yo‘q."

Georgio Gatso

"Men ham Eldorning nima uchun zaxiraga olinganini tushunganim yo‘q. Skamakka «Parma»ga qarshi bahsda hech qanday «karomat» ko‘rsatgani yo‘q. To‘g‘risi, tushunmadim. Skamakkani zaxiraga olmay Eldorni o‘yindan chiqarib yuborish orqali Moran o‘zining iste’fosini tezlashtirmoqchi shekilli!"

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:42, 02.12.2020.
O'qildi: 22839 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.