Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

APL. "Lids"ni mag‘lub etgan "Chelsi" peshqadamga aylanib oldi

APL. "Lids"ni mag‘lub etgan "Chelsi" peshqadamga aylanib oldi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan "Chelsi" va "Lids" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3:1 hisobida yakuniga yetdi. 

Uchrashuvni ikki jamoa ham ancha faol boshladi. O‘yinning 4-daqiqasidayoq Bemford sobiq jamoasiga gol urib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada Jeymsning qanotdan uzatgan to‘pini Jiru darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Zuma bosh bilan Melye qo‘riqlab turgan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. 

Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Vernerning uzatmasidan keyin Pulishich gol urib, o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, "Chelsi" mazkur g‘alabadan keyin 22 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. "Lids" esa 14 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Chelsi – Lids 3:1 

Gollar: 0:1 – 4 Bemford, 1:1 – 27 Jiru, 2:1 – 61 Zuma, 3:1 – 90+3 Pulishich .

Chelsi – Mendi, Djeyms, Zuma, Chiluell, Tiago Silva, Xaverts (Kovachich, 67), Kante, Maunt, Ziyesh (Pulishich, 30), Verner, Jiru (Abraxam, 79).

Lids – MelYE, Dallas, Eyling, Kuper, Kox (Lyorente, 9), Xarrison (Poveda, 57), Klix, Rafinya, Fillips, Alioski (Rodrigo, 69), Bemford.

Ogohlantirishlar: Lyorente (74).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:54, 06.12.2020.
O'qildi: 2512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик