Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jahon chempionati saralashi oldidan siz bilgan va bilmagan faktlar

Jahon chempionati saralashi oldidan siz bilgan va bilmagan faktlar

Baho:
+1 | -

Barcha sog‘ingan Jahon chempionati musobaqasi boshlanishiga ham oz fursatlar qolmoqda. Uning uchun bo‘ladigan saralash bosqichining ko‘hna qit’a doirasidagi musobaqalari kelasi yilning mart oyidan boshlab start olishi rejalashtirilgan. Biz esa nufuzli turnir oldidan ushbu mavzuga aloqador eng qiziq va e’tiborga molik fakt va raqamlarga diqqatingizni qaratamiz. Zero, bu yerda siz bilmagan ma’lumotlar ham uchrab qolishi mumkin.


Yuqori sermahsullik

Yildan yilga barcha klub va terma jamoalarning saviyasi va ko‘rsatayotgan o‘yinida yetarlicha o‘sish kuzatilmoqda. Jamoalar o‘rtasidagi tafovutlar borgan sari bir-biriga yaqinlashib borayotgani sababli murosasiz bahslar soni ham shunga yarasha tobora oshib boraveradi. E’tiborli jihati, har bir saralash bosqichida bir birini takrorlamaydigan natijalar qayd etib kelinmoqda. Rossiya-2018 mundialiga saralash roundlarining qit’a miqyosida jami 278 uchrashuv o‘tkazilgan bo‘lib, ularda umumiy 807 ta gol kiritilgan. Bu esa har bir o‘yinga o‘rtacha 2.9 gol nisbatiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich o‘z navbatida eng yuqori deb hisoblangan Braziliya mundiali saralashidan (2.7) ham balandroq hisoblanadi. Shuningdek, kelasi JCH uchun Yevropaga yana bitta yo‘llanma ajratilganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Endi kuchli 13 likka qo‘shilish uchun 54 ta emas, 55 ta jamoa kurash olib boradi.


Eng semahsul terma jamoa

Ushbu turnirning har tomonlama eng sermahsul terma jamoasi Niderlandiya hisoblanadi. «Uchar gollandlar» musobaqa davomida jami 296 bor raqiblarini darvozasini ishg‘ol etganlar. Shuningdek, ushbu yurt vakillari saralash roundlari davomida eng ko‘p g‘alabani qo‘lga kiritganliklari bilan ham eslanadi - 125 bahsda 82 g‘alaba. Ushbu sermahsul natijalar bilan Niderlandiyaga har tomonlama havas qilsa arziydi. Lekin jamoaning undan keyingi hal qiluvchi mundial bahslarida negadir omadi yurishmagan.


Uy bahslari qiroli

Italiya terma jamoasi ushbu musobaqa doirasida o‘zining uy o‘ynlarida mutlaq dominator hisoblanadi. «Skuadra adzurra» vakillari Appenin orolida bo‘lib o‘tgan jami 55 ta o‘yinda 46 ta g‘alaba, 9 ta durangga imzo chekishgan. O‘zi umuman «moviy gvardiya» turnirning barcha 109 uchrashuvidan atigi 9 tasini boy berishgan xolos. 4 karra Jahon chempionlari Qatarda ham o‘z so‘zlarini aytishlari uchun ularda optimal tarkib mavjud.

 

Musobaqa goleadori

Ushbu saralash bahslaridagi eng sermahsul futbolchi - bu shubhasiz, Krishtianu Ronaldu. Portugaliyalik megayulduz o‘zi o‘ynagan 28 ta uchrashuvda raqiblari darvozasini naq 30 marta aniq nishonga olgan. Bu borada uning eng yaqin ta’qibchisi Andrey Shevchenko hisoblanadi - 24 gol. Shuningdek Ronaldu Rossiya mundiali uchun saralashda 15 ta gol urishga erishgan. Bu boradagi mutlaq to‘purar esa 16 aniq zarba bilan Robert Levandovski bo‘lgan. Ma’lumot uchun, o‘sha musobaqadagi eng sermahsul terma jamoa Germnaiya va Belgiya hisoblangan (10 uchrashuv, 43 gol).

 

Muntazam ishtirokchilar

Ushbu musobaqadagi eng ko‘p ishtirok etgan terma jamoalar ro‘yxatida Lyuksemburg, Portugaliya va Islandiya yuqori o‘rinlardan joy olishgan. Qatar yo‘lidagi bellashuvlar har uchchala jamao uchun ham umumiy hisobdagi 21-si hisoblanadi. Bu holatni albatta, boshqa grand jamoalarning ba’zi bir uchralgan diskvalifikasiyasi bilan baholash ham mumkin. Bularning ichidan faqatgina Portugaliya hal qiluvchi roundlarda nisbatan qoniqarliroq natijalarga erishgan bo‘lsa, qolgan ikki jamoaning keyingi ishtiroklariga havas qilib bo‘lmaydi: deyarli guruhda qolib ketishadi.


Yengilmas «armada»

Ushbu ta’rif 15 asrlarda Ispaniyaning kuchli dengiz flotiga nisbatan ishlatilgan. Hozirga kelib esa bu ta’rifni bemalol mamlakatning bugungi kundagi futbol terma jamoasi oldidan ham qo‘llasak bo‘laveradi. Darhaqiqat. «qizil furiya» so‘nggi dekada davomida fantastik o‘yin namoyish etmoqda. Bitta Jahon va ikkita Yevropa chempionligi alohida tahliltalab mavzu. Ispaniya katta mundiallar saralashidan boshlab qoniqarli natijalar qayd etib keladiki, ularning kelgusi yurishlari ham keyinchalik o‘z-o‘zidan bir maromda davom etaveardi. Zero, saralash roundlarini to‘laqonli ushbu jamoaga bag‘ishlangan desak ham bo‘laveradi. Ispaniya so‘nggi 6 turnirdan buyon umuman mag‘lubiyat nimaligini bilmay keladi. bu esa umumiy 63 ta ishonchli bahs degani. Super! Ular oxirgi marta 1993 yili Daniyaga mag‘lub bo‘lishgan. Shuningdek, jamoa Rossiya mundiali uchun saralash bahslarining 10 ta o‘yinida o‘z darvozasidan atigi 3 ta to‘p olib chiqqan xolos. Bu ham qaysidir ma’noda turnir rekordi hisoblanadi.

 

Shuningdek, turnirga oid ba’zi blis ma’lumotlar

- Xalqaro futbol assosiasiyasi FIFAga asos solingach, unga o‘sha yilning o‘zidayoq 7 ta mamlakat a’zo bo‘gan. Belgiya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya, Shvesiya hamda Shvesariya davlatlaridan so‘ng Italiya va Angliya bir yil o‘tib, ushbu ro‘yxatga qabul qilinishgan. Amaldagi Jahon chempioni Fransiya esa 4 yil o‘tib, 1908 yilda FIFA tomonidan azolik xatiga ega bo‘lgan.

- UYEFAning turli xil 55 jamoasi hali biror marta final roundlarigacha yetib bora olmagan.

- Gibraltar hamda Kosovo jamoalari o‘tgan yilgi mundial saralashining debyutantlari hisoblanishgan. Buni qarangki, bu safargi roundlarda birorta debyutant jamoa qatnashmayapti.

- Saralashning barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozonish shu paytgacha faqat Germaniyaga nasib etgan - 10 o‘yin, 10 g‘alaba. Nemislar ushbu natijani bundan bir bosqich avval qayd etishgan.

- Musobaqadagi eng yirik hisob Vengriya tomonidan qayd etilgan. Vengerlar 1938 yil Gresiyani 11:1 hisobida tor-mor keltirishgan.

- Montenegro turnirdagi o‘z ishtiroki davomidagi o‘ziga xos chiroyli raqamlarni vujudga keltirishdi. Ular jami 30 ta o‘yinning 10 tasida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 10 tasida mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishgan. Yana shuncha bahs esa durang bilan yakun topgan.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:16, 07.12.2020.
O'qildi: 2376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.