Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Bugun Yevropada JCH-2022 saralashi uchun qur’a tashlanadi

Bugun Yevropada JCH-2022 saralashi uchun qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Bugun Shveysariyada Yevropa terma jamoalari uchun JCH-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoalari besh yoki oltitadan 10 ta guruhga bo‘linadi, har bir guruhning har bir savatchasida bittadan vakil bo‘ladi. Millatlar Ligasi-2021 final bosqichi ishtirokchilari (Belgiya, Ispaniya, Italiya, Fransiya terma jamoalari) beshtadan terma jamoa joy olgan guruhga joylashadi. Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Birinchi savat: Belgiya, Fransiya, Angliya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya.

Ikkinchi savat: Shveysariya, Uels, Polsha, Shvesiya, Avstriya, Ukraina, Serbiya, Turkiya, Slovakiya, Ruminiya.

Uchinchi savat: Rossiya, Vengriya, Irlandiya, Chexiya, Norvegiya, Shimoliy Irlandiya, Islandiya, Shotlandiya, Gresiya, Finlyandiya.

To‘rtinchi savat: Bosniya va Gersegovina, Sloveniya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, Bolgariya, Isroil, Belarusiya, Gruziya, Lyuksemburg.

Beshinchi savat: Armaniston, Kipr, Farer orollari, Ozarbayjon, Estoniya, Kosovo, Qozog‘iston, Litva, Latviya, Andorra.

Oltinchi savat: Malta, Moldova, Lixtenshteyn, Gibraltar, San-Marino.

Bir nechta terma jamoasi ma’lum sabablarga ko‘ra bir guruhdan joy olmaydi:

Siyosiy tarafdan:

Ozarbayjon va Armaniston;

Gibraltar va Ispaniya

Kosovo hamda Bosniya va Gersegovina

Kosovo va Rossiya

Kosovo va Serbiya

Rossiya va Ukraina.

Iqlim jihatdan (bir guruhda qishi haddan tashqari sovuq bo‘ladigan 2tadan ortiq mamlakat terma jamoasi o‘rin olishi mumkin emas):

Belarus, Estoniya, Farer orollari, Finlyandiya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya, Rossiya, Ukraina (Farer orollari va Islandiya noyabr va mart oylari uy o‘yinlarini o‘tkazishmaydi).

Tashkiliy jihatdan (bir-biridan olisda joylashgan mamlakatlar):

Ozarboyjon: Islandiya, Gibraltar, Portugaliya bilan bir guruhga tushmaydi;

Islandiya: Armaniston, Kipr, Gruziya, Isroil;

Qozog‘iston: Andorra, Angliya, Farer orollari, Fransiya, Gibraltar, Islandiya, Malta, Shimoliy Irlandiyey, Portugaliya, Irlandiya, Shotlandiya, Ispaniya, Uels.

Nechta jamoa chiqadi?
Guruh g‘oliblari avtomatik tarzda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoalar esa pley-off bosqichi orqali Mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan 10ta terma jamoa safiga UYEFA millatlar ligasi yaxshi natijaga ega bo‘lgan 2ta jamoa qo‘shiladi. Ikki bosqichli pley-off orqali JCHga chiqqan 3ta terma jamoa nomi aniq bo‘ladi. Yevropadan jami 13ta jamoa Qatar-2022ga yo‘l oladi.

O‘yinlar o‘tkaziladigan kunlar
Saralash bosqichini 2021 yilning noyabr oyiga qadar yakunlash maqsadida UYEFA mart va sentyabr oyidagi FIFA kunlarida 3tadan o‘yin o‘tkazishga qaror qildi. Avval bu kunlarda 2ta o‘yin belgilash rejalashtirilgan edi.
 
Guruh bosqichi o‘yinlari taqvimi:

1-tur: 2021 yil 24-25 mart
2-tur: 2021 yil 27-28 mart
3-tur: 2021 yil 30-31 mart
4-tur: 2021 yil 1-2 sentyabr
5-tur: 2021 yil 4-5 sentyabr
6-tur: 2021 yil 7-8 sentyabr
7-tur: 2021 yil 8-9 oktyabr
8-tur: 2021 yil 11-12 oktyabr
9-tur: 2021 yil 11-13 noyabr
10-tur: 2021 yil 14-16 noyabr

Pley-off bosqichi o‘yinlari

Yarim finallar: 2022 yil 24-25 mart
Final: 2022 yil 28-29 mart

Kiritildi: 14:33, 07.12.2020.
O'qildi: 4922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.