Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugungi bellashuv chempionatdagidan qiziqroq bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugungi bellashuv chempionatdagidan qiziqroq bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi 1/8 final «Andijon» — «Nasaf» (0:1) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bellashuv qiyin kechdi. Asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. Bunga erishdik, ammo natijaga osonlikcha erishilmadi. Ta’kidlab o‘tish kerak »Andijon” bugun har doimgidan yaxshiroq harakat qildi. Bunday bo‘lishiga o‘zimiz sababchi bo‘lgandirmiz.

Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildik. Bunga sabab kecha mashg‘ulot o‘tkazganimizda maydon holati juda og‘irligini ko‘rin uzun uzatmalar orqali harakat qilishga urindik. Ko‘p vaziyatlar yarata olmadik, birgina vaziyat o‘yin taqdirini hal qilish uchun yetarli bo‘ldi.

— Chempionat doirasida ham Andijonda 1:0 hisobida g‘alaba qozongandinglar. Siz uchrashuvdan so‘ng bu bellashuvda eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik deb ta’kidlab o‘tgan edingiz. Bugun ham shu fikringizda qolasizmi?
— Bilmadim! Balkim bu ruhiyat bilan bog‘liqdir. Turnir jadvalida quyi o‘rinlarni egallagan jamoalar bilan o‘yinlarimiz qiyin kechdi. Chempionat doirasida «Buxoro» jamoasi bilan yomon harakat qildik va natijada to‘rt ochko yo‘qotdik. «Andijon» bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda garchi g‘alaba qozongan bo‘lsakda o‘zimizning yomon o‘yinimizni o‘tkazgan edik.

— «Nasaf» jamoasining hozirgi siyosati keyingi mavsumda ham davom etadimi? Ya’ni o‘z yetakchilarini «Paxtakor» yoki poytaxt jamoalariga berib yuboradimi? Qaytadan yosh futbolchilarni, yosh nihollarni yetishtirib chiqaradimi?
— Biz aynan «Paxtakor» jamoasi uchun ishlamaganmiz. Bu asosan futbolchilarning o‘z tanlovi bo‘lgan. Lekin ayni paytda rahbariyatdan hozir tarkibimizni saqlab qolishni so‘rayapmiz. Chunki jamoamiz har doim sovrinli o‘rinlar uchun kurashadi. Balkim kelasi mavsumda xalqaro maydonlarda harakat qilishimiz mumkin. Shu sababli yetakchilarimiz o‘zimizga ham kerak bo‘ladi.

— O‘tish o‘yinida «Andijon» va «Neftchi» o‘yinini qanday baholaysiz?
— Bu bellashuv qachon bo‘lishini bilmayman. Lekin bu uchrashuv kurashlarga boy bo‘lishi aniq. Chuni bu o‘yin o‘z nomi bilan derby. Bu jamoalar anchadan beri bir biriga qarshi o‘ynamagan edi. Ushbu bahs men uchun ham qiziq.

— «Nasaf» kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashadimi?
— Bu kelasi mavsumda jamoa oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalarga bog‘liq. Agar biz chempionlik yoki xalqaro maydonda o‘ynaydigan bo‘lsak tarkibimizni kuchaytirishimiz kerak bo‘ladi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:08, 08.12.2020.
O'qildi: 1843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.