Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Davron Fayziyev maqolasi: Buyuklar raqobati

Davron Fayziyev maqolasi: Buyuklar raqobati

Baho:
+ | -

Sport tarixida eng buyuk qarama-qarshilik Muhammad Ali va Jo Freyzer o‘rtasidagi trilogiya hisoblanadi.

1-jang: Ali eng cho‘qqiga chiqayotgan payt, Freyzerga nisbatan mensimayroq munosabatda bo‘lgan. Jarayonning o‘zida Ali adashganini tushunadi. Freyzer Alini birinchi bor nokdaunga tushiradi. Yakunda esa Freyzer Alini mag‘lub etgan birinchi bokschiga aylangan.

2-jang: Ali Freyzerga qarshi psixologik urush ochgan. Uning ichida haqoratlar, bosim, oilaviy masalalar va birinchi jang natijasini tan olmaslik kabi qurollar ishlatilgan. Treshtok nimaligini hali hech kim bilmagan, Freyzer ham. Ali esa bilgan va ustalarcha ishlatgan. Freyzer bu jarayonni yurakka yaqin olib, Alini chin yurakdan, butun vujudi bilan, tanadagi har bir to‘qima darajasida yomon ko‘rgan va nafratlangan. Bu tuyg‘ular unga sovuqqonlik bilan tayyorgarlik ko‘rishga xalaqit qilgan va Freyzer ikkinchi jangni yutqazadi.

3-jang: Boks tarixidagi eng dahshatli jang, ishoning. Uning nomi Maniladagi Triller. Batafsil aytsam postga sig‘maydi. Alining gapini keltiraman: “Men hech qachon o‘limga bunchalik yaqin kelmaganman”. Himoya unutilgan. Nafrat ustunlik qilgan. Ular 14 raund ayovsiz jang qilib umuman madorsiz ahvolga kelishgan. Oxirgi 15-raund oldidan Ali o‘z burchagida murabbiyga “qo‘lqopimni yech boshqa chiday olmayman” degan. Murabbiyning aytishicha Ali oxirgi raundga chiqmas edi. Lekin, aynan shu vaqt Freyzer burchagida boshqa vaziyat ro‘y beradi. Murabbiy Eddi Fatch bokschining ko‘zi umuman ko‘rmay qolganini sezadi. Freyzerga uchta barmog‘ini ko‘rsatib nechta deb so‘raydi. Jo bitta degandan so‘ng, murabbiy jangni to‘xtatadi. Oxirgi raundda urushishga kuchi qolmagan Ali g‘alaba qozonadi. O‘sha barmoq voqeasi bo‘lmaganda kim yutishini endi hech kim bilmaydi.

Jang tugashi bilan Ali Freyzerning o‘g‘li Marvis orqali otasidan barcha haqoratlar uchun uzr so‘rashini aytadi. Bularning barchasi yolg‘on deydi. Ammo Freyzer uzrni qabul qilmaydi va umrining so‘nggi yillarigacha Alini yomon ko‘rib yashaydi. 2002 yildagina qariyalik paytida Ali shaxsan o‘zi borib buyuk raqibidan kechirim so‘ragach, ular o‘rtasidagi urush tugaydi. Oxirgi yillar esa samimiy do‘stlik va mehr paydo bo‘ladi. Freyzerning o‘limidan keyin Ali yaqin insonini yo‘qotgandek yig‘laydi.

Futbol tarixida bunday darajadagi qarama-qarshilik faqat bitta va biz uning so‘nggi yillarini kuzatmoqdamiz. Kim biladi, balki bugun Messi va Ronaldu o‘rtasidagi oxirgi jangdir. Uni ko‘rib qolish kerak. Do‘stlashishni esa ular qarilik davrigacha cho‘zishmaydi deb o‘ylayman.

"Barselona" - "Yuventus" o‘yinini birgalikda tomosha qilamiz.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 14:05, 08.12.2020.
O'qildi: 4805 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.