Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz. 

1874 yil. FRG va GDR JCHda to‘qnash kelmoqda. 

1972 yil. Gerd Myuller Yevropa chempionligi uchun beriladigan kubokni o‘zgacha silab qo‘ymoqda. 

2000 yildagi Yevropa chempionati. Raul hozirgina 11 metrlik penaltini havoga uchirdi va Ispaniyaning imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Yaxshiyamki, ushbu noaniq zarba yakunda Raulni sinib qolishi bilan yakunlanmadi. 

Zeeydorga Vinni tomonidan berilgan zarba o‘zbek muxlislariga hech narsani eslatib yubormayaptimi? Yaqinda «Neftchi» klubi futbolchisi shu uslubda hakamga zarba bergan edi. Katta ehtimol bilan farg‘onalik futbolchi Vinni Jonsning muxlisi. 

Jorj Best «Vetchs Filds» jamoasiga qarshi bahsda burchak to‘pini zo‘rg‘a amalga oshirmoqda

1990 yil. «Nant» himoyachisi Desayi «Brest» a’zosi David Jinolani keskin kutib olmoqda.

2002 yil. Hozirgina Ballak Janubiy Koreya darvozasini ishg‘ol qildi va Germaniyani JCH 2002 finaliga olib chiqdi. Afsuski, bundan 3 daqiqa u sariq kartochka olgan edi. Oqibatda, finalni o‘tkazib yuboradi. 

Ba’zan oq-qora ranglarda ming xil hissiyotni his qilish mumkin. 1978 yilgi JCH finali. Argentina Gollandiyaga qarshi maydonga chiqqan. Final juda asabiy o‘tgan, biroq Kempesning ikkita goli Argentinani mundial oltin medallariga ega chiqishini ta’minlab bergan edi. 

Garet Beyl Uels terma jamoasini tanlaganida, Angliya futbol rahbarlari sira afsus chekishmagan edi. Oradan yillar o‘tib, ular qattiq afsus chekishgan bo‘lsa, ajab emas. 

Zidan va Anri! Ular uchun «Yuventus» juda katta pul to‘lagan, ammo yakunda bu yigitlar umuman boshqa jamoalarning super yulduziga aylanishgan. 

«Milan»da hech qachon hujumchilar borasida muammo bo‘lmagan. Ular orasida «oltin to‘p» egalarining bo‘lishi esa, odatiy holat. Bu yigitlarning ikkisida ham shu sovrin mavjud va ular «Milan»ning shonli o‘tmishning bir bo‘lagi sifatida yodimizda abadiy qoladi. 

Renat Dasayev Van Bastenning finalda urgan golini uzoq yillar davomida tushlarida ko‘rib chiqqan bo‘lsa, ajab emas. 

1989 yil. «Dinamo Zagreb» safida hali hech kimga yaxshi tanish bo‘lmagan Davor Shuker to‘p surmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:20, 09.12.2020.
O'qildi: 3131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.