Yevropa Chempionlar Ligasining "Zalsburg" klubiga qarshi o‘yinida Diyego Simeone Luis Suares va Saulni zahiraga oldi. Ikki futbolchi ham uchrashuvning 64-daqiqada maydonni tark etishdi. Muxlislar noroziligini yashirmadi. Biroq, murabbiy va futbolchilar o‘rtasida ziddiyat yo‘q.
"Bu mantiqiy. Agar ketishim kerak bo‘lsa, men ham juda g‘azablanardim. Hamma 90 daqiqa o‘ynashni xohlaydi. Zahiraga olingan futbolchi g‘azablanishi odatiy. Men uchun hammasi tushunarli", - deya so‘zlarini yakunladi murabbiy.
Shanba kuni "Atletiko" safarda "Real" bilan o‘ynaydi. Jamoa La Ligada ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda.