Fransiya professional futbol ligasi ijroqo‘mitasi mamlakat chempoinatining 13-tur doirasida "Nim" klubiga qarshi o‘yinda chetlatilgan "Marsel" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boashni bitta o‘yinga diskvalifisiya qildi.
Shu tariqa, Villash-Boash 14-tur doirasida "Monako" klubiga qarshi 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.