Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

YECHL uchrashuvlari chiptasi qancha? Guruh bosqichi qahramonlari va 6 ta tur statistikasi

YECHL uchrashuvlari chiptasi qancha? Guruh bosqichi qahramonlari va 6 ta tur statistikasi

Baho:
+ | -1

Stadion.uz ortda qolgan Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi haqida raqamlar orqali fikr almashadi.

Bilasizmi?

- E’tiborlisi shundaki, bu mavsumda birorta klub 6 ta o‘yinda yuz foizlik natija qayd etishni uddalay olmadi. Eng yaxshi natijalarni «Manchester Siti» va «Bavariya» namoyish etdi. Ushbu jamoalar o‘z guruhlarida 5 ta g‘alaba va bitta durang bilan g‘olib bo‘lishdi.

- Faqat 4 ta klubgina musobaqani mag‘lubiyatsiz o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ular : «Chelsi», «Manchester Siti», «Bavariya» va «Lasio».

- Pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan eng kamtarin klub «Portu» bo‘lib chiqdi. "Ajdarlar« 255 million yevroga baholangan bo‘lsada, ortiqcha muammosiz keyingi bosqich yo‘llanmasini hal etdi. 800 million yevroga baholangan »MYU« va 655 million yevrolik »Inter" esa bir chetda qolib ketgan payda bu juda yaxshi ko‘rsatgich.

- Kuchli 16 ta jamoaning yarmini nemis va ispan klublari tashkil etmoqda. Ularning naqd 4 tadan klubi pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. Angliya va Italiyada esa, bittadan yo‘qotish bor. Qolgan jamoalar esa, Fransiya va Portugaliya klublari sanaladi.

- O‘tgan mavsumdagi pley-off ishtirokchilarining ko‘rinishi faqat 25 foizgagina o‘zgargan xolos. «Valensiya», «Tottenhem», «Lion» va «Napoli»ni «Lasio», «Portu», «Sevilya» va «Borussiya M» klublari almashtirgan. Qolgan barcha ishtirokchilar o‘tgan mavsumda ham kuchli 16 talikda mavjud edi.

- Kurashlarga boy o‘tgan "H" guruhida birorta o‘yinda durang qayd etilgani yo‘q. Guruhdagi 12 ta o‘yinning barchasida g‘olib nomi aniqlandi.

- «Lasio» musobaqaning 4 ta o‘yinida durang qayd etdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini hal etdi. Aynan u guruh bosqichining eng «do‘stona» klubi bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Jamoalar statistikasi

Eng sermahsul klub - «Bavariya» - 18 ta gol

Amaldagi chempionlar o‘z statusini mahkam ushlab qolishni uddaladi. Kiritilgan 18 ta golda Robert Levandovskiyning hissasi katta emas. U Kingsli Koman singari 3 ta golga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda «Bavariya»da naqd 11 ta futbolchi gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Eng kam gol kiritgan klub - «Marsel», «Olimpiyakos» - 2 ta gol

E’tiborlisi shundaki, ushbu jamoalar bir guruhda joy olgan edi. «Marsel» butun musobaqa davomida kiritgan ikkita gol aynan «Olimpiyakos» darvozasidan o‘rin egallagan.

Eng ishonchli himoya - «Manchester Siti» - 1 ta o‘tkazib yuborilgan gol

Pep Gvardiola shogirdlari chinakam himoyada matonat ko‘rsatdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Gap shundaki, klub 1-turda «Portu»dan (14 -daqiqada) gol o‘tkazib yuborgach, qolgan o‘yinlarda umuman raqibga imkoniyat qoldirmadi.

Eng ishonchsiz himoya - «Istanbul» - 18 ta gol

Tan olish lozim, «RB Leypsig», «MYU» va PSJ bilan bir guruhdan o‘rin olgan turk klubiga oson bo‘lgani yo‘q. O‘tkazib yuborilgan 18 ta golni esa, «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g‘alaba yuvib yuboradi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Eng adolatli klub - «Borussiya Dortmund» - bitta sariq kartochka

E’tiborlisi shundaki, Dortmund klubi musobaqadagi eng tartiblisi bo‘lib turibdi. Ular 1-turda Reyna tomonidan olingan sariq kartochkani inobatga olmasa, deyarli bexato to‘p surishdi.

Eng qo‘pol klub - «Inter» - 20 ta sariq va bitta qizil

«Inter» guruh bosqichining eng omadsiz va ishonchsiz jamoasi ekanligiga yana bir fakt!

Futbolchilar statistikasi

Eng yaxshi to‘purar: Erling Xoland, Neymar va Morata - 6 ta gol

Bu bosqichda birdaniga 3 ta futbolchi o‘zining to‘purarlik mahoratini namoyish etdi. Turinga qaytgan Morata, PSJda qolishga qaror qilgan Neymar va qachon «Real»ga o‘tishi borasida bosh qotirayotgan Xoland. Xo‘sh, ulardan qay biri musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib qoladi?

Eng yaxshi hammuallif: Xuan Kuadrado - 5 ta assist

Kolumbiyalik futbolchi musobaqa davomida deyarli barcha o‘yinlarda bittadan golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. «Barselona»ga MakKeni tomonidan kiritilgan kichik shedevrga ham aynan Kuadrado hammuallif bo‘lgan edi.

Qo‘lqopdagi qahramon: Manuyel Noyer - 27 ta seyv

Nemis afsonasi 5 ta o‘yinda ishtirok etganiga qaramay, musobaqaning eng kuchli kipperi kim ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Undan keyingi o‘rinlarni «Shaxtyor » va «Krasnodar» klubi kipperlari egallab turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:19, 11.12.2020.
O'qildi: 6052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.