Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Baxtiyor Ashurmatov: “Futbolchilarimiz Qo‘qon qahramonlaridir”

Baxtiyor Ashurmatov: “Futbolchilarimiz Qo‘qon qahramonlaridir”

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi 1/4 final doirasidagi “Mash’al” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi. 

- Gapni ochig‘i, yigitlarning matonatiga, o‘zlarida kuch topa olayotganlariga qoyil qolyapman. Ularga minnadorchilik bildiraman, ta’zimdaman. Bugun mag‘lubiyatga uchrasak, jamoamizdagi yo‘qotishlar haqida gapirishim mumkin edi. Sakkiz nafar futbolchimiz safdan chiqqan. Zaxirada 4 nafar futbolchi qoldi. Futbolchilarimizni Qo‘qonning qahramonlari degan bo‘lardim. Shunday bo‘lsa-da, bugun g‘alaba qozondik va yarim finalga yo‘llanma oldik. Bu yog‘i ikki qadam qoldi. O‘ylaymanki kubok o‘yinlarining qolgan qismida ham munosib qatnashamiz.

O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Ikkinchi golni kiritishimiz ham mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar ham yaxshi to‘p surishdi. So‘nggi daqiqada Muzaffar Abdullayevning seyvi bizga g‘alaba keltirdi. “Mash’al” so‘nggi daqiqalarda pley-offga amal qilgani uchun rahmat aytaman.

Bugun juda ham munosib jamoa ustidan g‘alaba qozondik va bu g‘alaba bilan Qo‘qonlik futbol muxlislari, jamoamiz rahbariyatini tabriklaymiz. Har bir jamoa muxlisi o‘z jamoasining g‘alaba qozonishini istaydi. Bugun muboraklik ishqibozlar ham g‘alabani kutishgandi. Quvondiq Ro‘ziyev jarohati bilan maydonga tushmoqda.

Mavsum so‘nggiga kelib tarkibimizda yo‘qotishlarga duch keldik. Buning ustiga mavsum ham uzoq davom etdi. Shuning uchun yetakchi futbolchilarimizning jarohatlari borligiga qaramay, ularni maydonga tushiryapmiz. Endi yarim finalga munosib tayerlanishimiz kerak.

Kiritildi: 16:06, 12.12.2020.
O'qildi: 2092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.