Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Lempard: "Atletiko" faqat qog‘ozdagina noqulay raqib"

Lempard: "Atletiko" faqat qog‘ozdagina noqulay raqib"

Baho:
+ | -

Londonning«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard YECHLning 1/8 final bosqichida raqib bo‘ladigan Madridning «Atletiko» klubi haqida fikr bildirdi.

«O‘ylaymanki, ko‘pchilik «Atletiko»ning kuchli ekanligini aytadi. Albatta, ularning ayni paytdagi sport formasini va yevrokuboklardagi tajribasi sababli, kuchli raqib deyishlari mumkin. Lekin, YECHL qur’asidagi istalgan raqib oddiy jamoa bo‘lmaydi.

Biz o‘zimizga ishonishimiz kerak. YECHLda g‘olib chiqish uchun bunday jamoalarni mag‘lub etish kerak, tamom!

«Atletiko» La Ligada peshqadamlik qilmoqda, o‘tgan mavsumda ular «Liverpul»ni YECHLdan chiqarib yuborishdi, albatta, yaxshi jamoa. Ammo, «Atletiko» faqatgina qog‘ozda noqulay raqib, bu aniq. Biroq, biz o‘z ishimizni bajarishimiz va ularni mag‘lub etishimizga ishonch hosil qilishimiz kerak», – dedi murabbiy.

Kiritildi: 19:17, 14.12.2020.
O'qildi: 4166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик