Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Uinks ketadimi?

Angliyaning "Tottenhem" jamoasi yarim himoyachisi Xarri Uinksning kelakagi borasida Joze Mourino o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

"Ha u mening oldimga keldi. Nafaqat u balki, boshqa futbolchilar ham men bilan ketish borasida suhbatlashgani kelishdi. Mening klubdagi ofisim birinchi qavatda joylashgan. Atayin ularga qulay bo‘lishini uchun birinchi qavatni tanlaganman. Hozircha, Uinksning kelajagi noma’lum bo‘lib qolmoqda"

"The Sun" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi APLning bir nechta jamoalari bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Keylor MLSda?!

Parijning PSJ jamoasi darvozasini qo‘riqlayotgan Keylor Navas Faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, darvozabon bilan shaxsan Devid Bekhem qiziqib qolganbo‘lib, u futbolchini o‘z jamoasiga olib kelmoqchi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi ham shartnomasi yakunlangach, faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirmoqchi.

Jeyms ketadimi?

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi Deniyel Jeyms faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

"The Telegraph" nashrining ma’lum qilishicha, uyelslik futbolchi bilan "Lids" qiziqib qolgan va uni qishda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Jeyms atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Vlashich Italiyada?!

Italiyaning "Atalanta" jamoasi Alexandro Gomesning o‘rnini to‘ldirishga qodir futbolchi izlashda davom etmoqda.

Bu haqida "Bergamo L'erco" nashri ma’lum qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa nishonida Moskvaning "SSKA" klubi yarim himoyachisi Nikola Vlashich mavjud.

Manbaning ma’lum qilishicha, shuningdek, "Sampdoria" a’zosi Gaston Ramires ham faoliyatini Bergamoda davom ettirishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:12, 17.12.2020.
O'qildi: 5491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик